Raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan chetlatildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Sayfitdin Gafarov o‘z vazifasidan ozod etildi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Sayfitdin Gafarov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda o‘z manbasiga tayangan holda "Kun.uz" xabar bermoqda.

Imzo - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoni bilan yangi qo‘mita tuzildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilgan edi.

21 aprel kuni esa prezident farmoni bilan mazkur qo‘mitaga Ravshan G‘ulomov rahbar etib tayinlangandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0