Prezident rejalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga keldi

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrifdan maqsad joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilishdir

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqand rahbarlariga zo‘r takliflar kiritdi

Tashrifdan maqsad joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilishdir.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida viloyatda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha katta reja va maqsadlarni bayon etgan edi.

Prezidentning Jizzaxga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0