11:47 25 May 2017
Efir
Nefteperabatыvayuщiy zavod

Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi

© Sputnik/ Aleksey Malgavko
Jamiyat
Havola olish
35230

Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, iqtisodiyotga aloqador va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida qoʻshimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini taʼminlashga xizmat qiladi

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanining "Chimqoʻrgʻon" qishloq fuqarolar yigʻini hududida Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Energetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarga muvofiq, Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash kompleksi barpo etiladi. Qiymati 2,2 milliard dollar boʻlgan loyiha yiliga 5 million tonna neft xomashyosini qayta ishlash imkonini beradi.

Oʻzbekiston prezidentining Qozogʻiston va Rossiyaga davlat tashriflarida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida majmua uchun xomashyo yaqinda barpo etiladigan neft quvuri orqali yetkazib kelinadi. Bu energiya resurslarini yetkazish xarajatlarini keskin kamaytiradi va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Majmuaning geografik joylashuvi ishlab chiqarilgan mahsulotni mamlakatning barcha hududlariga va eksportga minimal xarajatlar bilan yetkazish imkoniyatini taʼminlaydi.

Zavodda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha eng zamonaviy, ekologik va energetik jihatdan samarador texnologiyalar oʻrnatiladi. Ular asosida jahon standartlariga javob beradigan motor va aviatsiya yoqilgʻisi, benzol, mazut, bitum va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, iqtisodiyotga aloqador va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida qoʻshimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi hamda majmuaga tantanali ravishda tamal toshi qoʻyildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular