Qonun barchaga barobar: YHXB xorij raqamli avtomobil egalariga ham jarima solmoqchi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobil raqami
Avtomobil raqami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi kameralar tomonidan so‘ngi haftada 7,5 mingdan ziyod qoidabuzarliklarni qayd qilingan. Ulardan 3,5 mingi qizil chiroqda o‘tish, yana 4 mingi - tezlikni oshirish bilan bog‘liq

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Toshkent yo‘llardagi videoqayd kameralari chet el raqamiga ega avtomobillar tomonidan yo‘l qo‘yilgan YHX qoidabuzarliklarini ham qayd qiladi. Bu ushbu avtomobil haydovchilarini jarima to‘latish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar qildi Toshkent IIBB.

Ammo muassasa xabariga ko‘ra, chet ellik haydovchilarni jarima tortish bilan DAN xodimlari shug‘ullanadi. O‘z navbatida ularga bunday qoidabuzarliklar haqida ma’lumot berib boriladi.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda deyarli bir oy ichida 60 mingdan ortiq haydovchi "jarima maktubi" oldi
"O‘z avtomobillarida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan haydovchilarga respublikada 90 kun davomida bo‘lishlariga ruxsat berilgan. Agar bu vaqt davomida Toshkentdagi kameralar ular tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni qayd etsa, ular tegishli jarimani to‘lashga majbur bo‘ladi. Qoidabuzarlik haqida ma’lumotlarni pochta orqali yuborish imkoni mavjud bo‘lmagani uchun bunday avtotransport egalariga yo‘llarda navbatchilik qiluvchi YHXB xodimlari jarima soladi", — deb xabar qildi poytaxt IIBB vakillari.

Bundan tashqari, chet el raqamiga ega avtomobil "DAN" xodimlari nazariga tushmay, respublika hududini tark etishi holati ro‘y berishi mumkinligi ham aytib o‘tildi. Ta’kidlandiki, bunday hollarda aybdor jarimadan qutulishi mumkin. Chunki bunday holatlarda hech qanday chora ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

"Toshshahartransxizmat" tarkibidagi korxonalar 15 mln so‘mdan ortiq jarima to‘ladi
"Ammo bunga qaramay, biz masalaning bu tomonini ham o‘ylab ko‘rmoqchimiz: chet el raqamiga ega avtomobil mamlakat hududini tark etganiga qaramay, undan jarima undirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Qonun oldida barcha barobar deganlaridek, YHXB bu turdagi cheklovlarga qaramay, o‘z majburiyatlarini to‘kis bajarish imkoniga ega bo‘lmog‘i lozim", — deyishdi brifingda.

Huquq-tartibot organlari so‘zlariga ko‘ra, mana shu maqsadda yaqin kelajakda amaliyotdagi bu kabi bo‘shliqlarni yo‘qotishni va mahalliy qonunchilikni ham bir qator ko‘rib chiqish belgilangan.

Bu masalani hal etish uchun zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligini ham jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0