03:25 17 Dekabr 2017
Efir
Tunel

Oʻzbekiston fuqarosi uy ichidan qazgan yertoʻla orqali Qirgʻizistonga kontrabanda tashigan

Press-slujba Komiteta po oxrane Gos. granitsы SNB
Jamiyat
Havola olish
131820

Milliard-millard dollar yoxud oltin taqinchoq, va boshqa moddiy boyliklarni Oʻzbekistondan boshqa davlatlarga olib chiqib ketish uchun kontrabandachilar qanday xiyla-nayranglarni oʻylab topishmaydi deysiz? Ammo maxsus xizmat xodimlari ham mudrashayotgani yoʻq

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi vakillari tomonidan oʻtgan yil mobaynida respublikadan 2,7 million dollar, 6.2 ming yevro va 1,8 million rublning noqonuniy olib chiqib ketilishi holatining oldi olindi.

Bu haqda qoʻmita xodimlari bugun Oʻzbekiston davlat chegarasida sodir etilgan huquqbuzarliklar mavzusiga bagʻishlangan brifing davomida gapirishdi.

Xabarga koʻra, 2016 yilning 20 iyul kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida yirik miqdordagi valyutani noqonuniy ravishda olib oʻtishga urinishgan. Bu yerda chegara xizmati xodimlari 2,5 million dollar va 18ta valyuta kartalarining Qirgʻiziston hududiga oʻtib ketishiga yoʻl qoʻyishmagan.

Undan tashqari, Oʻzbekiston MXX Fargʻona viloyatida noqonuniy kontrabanda faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqaro faoliyatiga chek qoʻygan.

2016 yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tezkor boʻlinmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida viloyatning Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berildi.

Ushbu fuqaro xonadonidan Qirgʻiziston hududiga olib boruvchi 120 metrlik yer osti yoʻlagi aniqlangan. Bu ushbu uy egasiga kontrabanda faoliyati bilan erkin shugʻullanishiga imkon bergan.

Taʼkidlanishicha, Qirgʻiziston xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan saʼy-harakatlar sababli mazkur yer osti yoʻlagi bartaraf etildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular