"Favvoralar sayli"ga marhamat: Toshkent shahrida o‘tkaziluvchi bayram jadvali bilan tanishing

Obuna bo‘lish
Tadbirlarda kino va teatr aktorlari, estrada xonandalari hamda tomosha guruhlari ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarda kitob savdolari tashkil etilib, bolajonlar uchun turli atraksionlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Ilgariroq bugun 1-may kuni Toshkent shahrida "Favvoralar kuni" keng nishonlanishi haqida xabar bergan edik.Ammo hozircha tadbir qayerda va qay tarzda o‘tkazilishi noma’lum qolayotgan edi.

Ayni vaqtda Toshkent shahri hokimligi matbuot-xizmati barcha o‘zbekistonliklarni "Favvoralar sayli"ga chorlamoqda.

Quyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "Favvoralar sayli"ning reja-jadvali bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

1-sahna — Ma’rifat markazi va Simpoziumlar saroyi kirish qismidagi favvora

Bugun O‘zbekistonda "Favvoralar kuni" nishonlanadi
2-sahna — Sayilgoh maydoni ichki qismidagi favvora

3-sahna — "Bolajon" istirohat bog‘i favvorasi

4-sahna — "Interneshnl Toshkent" (sobiq Interkontinental) mehmonxonasi kirish qismidagi favvora

5-sahna — Xadra maydonida yangi qurilgan favvora hamda Sirk binosiga kirish qismidagi favvora

6-sahna — Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i kirish qismidagi favvora

Meydan One Mall prototipi - Sputnik O‘zbekiston
Dubayda dunyodagi eng katta raqs tushadigan favvora ochilmoqda
7-sahna — Bobur ko‘chasi Yengisanoat uyushmasi old kirish qismidagi favvora

8-sahna — "Istiqlol" san’at saroyi old maydonidagi favvora

9-sahna — Alisher Navoiy teatri kirish qismidagi favvora

10-sahna — Mustaqillik maydoni Motamsaro ona xaykali orqa qismidagi favvora

11-sahna — "Lokomotiv" madaniyat va istirohat bog‘i

Toshkentda favvoralar mavsumi ochildi
12-sahna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi

13-sahna — Toshkent irigatsiya va miloratsiya instituti
hududi

14-sahna — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti favvorasi

Tadbirlarda kino va teatr aktorlari, estrada xonandalari hamda tomosha guruhlari ishtirok etadi.

Shuningdek, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarda kitob savdolari tashkil etilib, bolajonlar uchun turli atraksionlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

"Barchani saylga taklif qilamiz!", — deyiladi hokimlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0