23:13 20 Sentyabr 2017
Efir
Interaktivnaya shkola v Volgograde

Dunyodagi eng yaxshi taʼlim tizimi qanaqa?

© Sputnik/ Kirill Braga
Jamiyat
Havola olish
57230

Maʼlumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Mutaxassislar fikriga koʻra,dunyoning eng yaxshi taʼlim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Xoʻsh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya taʼlim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi?

  1. Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yoʻq. Hamma maktab davlatga tegishli boʻlib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va imkoniyatlarga ega;
  2. Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qoʻyilmaydi;
  3. Fin maktablarida bolalar juda koʻp insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida oʻz fikriga ega boʻlishni va fikrini badiiy tilda izohlashni oʻrgatadi;     
  4. Bir fanni boshqa fanlar oʻrnida chuqurroq oʻrganish maʼqullanmaydi. Masalan finlar matematikani sanʼatdan koʻra chuqurroq oʻrganish kerak deb hisoblamaydi;
  5. Bir oʻquvchini boshqa oʻquvchibilan qiyoslash taʼqiqlangan. Nogiron va qobiliyatlari bolalar bir sinfda oʻqishadi;
  6. Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – oʻquvchi 16 yoshga toʻlganda imtihon topshiriladi;
  7. Finn maktablarida eng asosiysi — oʻquvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, deb hisoblanadi.  Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni oʻrgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar oʻrniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan foydalanishni oʻrganadi;  
  8. Oʻqituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat oʻqituvchi malaka oshirishiga sarflanadi;
  9. Finlandiyada “oʻqituvchi” kasbi – obroʻli kasb hisoblanadi. Oliy taʼlim maskanlarida oʻqituvchi boʻlish ishlashga juda katta konkurs mavjud;
  10. Finlandiyada umumiy oʻrta taʼlim – bepul. Buning ichiga bepul obed, ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yigʻish taʼqiqlangan;

Maʼlumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas. 20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan biri boʻlgan. Oʻsha yillarda minglab finlar AQSH, Angliya, Germaniya va Frantsiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. Oʻsha vaqtlarda amerikada uy xizmatchisini “finka” deb atashgan.

Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga koʻra, “Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, “Erkaklar va ayollar huquqlari teng mamlakat”,  “Dunyoning eng stabil mamlakati”, “Dunyoning eng xavfsiz mamlakati”, “Dunyoning eng qulay mamlakati”  degan nomlariga sazovor boʻlgan.

Asosiy mavzular