Mirziyoyev oldindan rejalashtirilmagan joyga kutilmaganda kirib bordi

© podrobno.uzShavkat Mirziyoyev v Yashnabadskom rayone
Shavkat Mirziyoyev v Yashnabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odatda O‘zbekiston prezidentining qayerga tashrif buyurishi oldindan rejalashtirilgan bo‘lsa-da, Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda yo‘nalishni o‘zgartirdi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

Davlat rahbari poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatishni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, poliklinikani ta’mirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish, mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari bilan bir necha marotaba uchrashib, birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi. Soha rivoji yo‘lida bir nechta farmon va qarorlar qabul qilindi, ularning ijrosi izchillik bilan ta’minlanmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0