06:40 20 Oktyabr 2017
Efir
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD

Toshkentda eng qoidabuzar haydovchi 9,4 mln soʻm jarimaga tortildi

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
62312

Toshkent telekanalining" Poytaxt-Vaziyat" dasturida kameralar qayd etgan eng koʻp qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan 3 nafar haydovchi haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Unga koʻra, eng koʻp qoidabuzarlik "VAZ 2103" rusumli davlat raqami 10 J 506 FA boʻlgan avtomobil haydovchisi tomonidan sodir etilgan. U 32 marta svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangani uchun unga solingan jarima miqdori 9 435 825 soʻmni tashkil etgan.

Ikkinchi oʻrin "Spark" rusumli davlat raqami 01 T 885 TA boʻlgan avtomobil haydovchisiga tegishli. U 21 marta qoida buzgani uchun unga nisbatan jarimalar miqdori 7 039 425 soʻmni tashkil etadi.

Uchinchi oʻrinda "VAZ 2107" rusumli davlat raqami 01 J278 HA boʻlgan avtomobil haydovchisi qayd etilgan. U 15 martdan buyon 20 marta chorrahalardagi kameralar eʼtiboriga tushgan. Bu haydovchiga 3 145 275 soʻm jarima solinadi.

2017 yilning 15 martidan boshlab Toshkent shahrida yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi 883ta kamera ishga tushgan. Hozirda bu kameralar svetoforning taqiqlovchi chirogʻida toʻxtamasdan oʻtib ketish va tezlikni oshirish kabi qoidabuzarliklarni qayd etadi.

Asosiy mavzular