03:17 17 Dekabr 2017
Efir
Shoahmad Shomahmudovlar oilasiga haykal oʻrnatilmoqda

Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
9 May - muqaddas Xotira va buyuk Gʻalaba kuni (34)
3898241

Urush yillarida harbiy harakatlar qurshovida qolgan hududlardan Oʻzbekistonga koʻchirib kelingan minglab bolalar qatorida Olga-Holida ham bu yurtda yangi oilasini topgan. Vaqti kelib minnatdorchilik ramzida oʻz ixtiyori bilan ota-onasi temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning ayoli Bahri Akramova qoʻygan Xolida ismida musulmonlar dinini qabul qilgan

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Shu kunlarda poytaxtdagi Doʻstlik bogʻida Shomahmudovlar oilasiga haykal oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Ikkinchi jahon urushi davrida toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov ayoli bilan front chizigʻida boʻlgan mamlakatlardan evakuatsiya qilingan boshpanasiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, tarbiya berishdi, voyaga yetkazishdi, nabiralar koʻrib, buva-buvilik gashtini ham surishdi.

Aytish joizki, Shomahmudovlar oilasi insonparvarlikning yuksak namunasini koʻrsatgan oila sifatida tarixda qoldi. Shoahmad ota va Bahri aya turli millat vakillari boʻlgan 13 oʻgʻil-qizni va urushdan soʻng yana 3 bolani oʻz tarbiyalariga olishgan. Bular Habiba, Vova, Shuhrat — rus, Hamidulla — ukrain, Rafiq, Rahmatulla — tatar, Xolida — moldavan, Samugʻ — chuvash, Yoʻldosh, Ergash — yahudiy, Halima — qozoq, Qoravoy, Neʼmat, Muazzam, Hakima, Ulugʻbek — oʻzbek.

Shomahmudovlar oilasi vakillarining keyingi taqdiri, bugungi hayoti haqida reportaj tayyorlashni maqsad qilgan jurnalistlar Ilmira Zayniddinova va Fozil Farhod Toshkentning Jarariq mahallasiga yoʻl olishdi.

 

Jurnalistы: Ilmira Zayniddinova i Fozil Farxod
Fozil Farhod
Jurnalistlar Fozil Farhod va Ilmira Zayniddinova

 

Shomahmudovlar oilasi farzandlaridan kimlarni topishga muvaffaq boʻldingiz, degan savolga Fozil Farhod uch nafarini, dedi.

 

Xalida (Olga) Shomaxmudova i jurnalist Fozil Farxod
Fozil Farxod
Xolida Shomahmudova va jurnalist Fozil Farhod

 

"Xolida opa, Shomahmudovlar oilasining eng kenja qizi Halima va oʻgʻillari Yoʻldosh hayot. Halima intervyu berishni istamas ekan. Yoʻldosh aka bilan hozircha uchrashish imkoni boʻlmadi, chunki uni katta buvisi (onasining buvisi) uzoq qidirib, topgan va kelishini iltimos qilgan. Yoʻldosh Shomahmudov shu kunlarda Ukrainada", — dedi jurnalist.

Jurnalistlar shuningdek mashhur oilaning yana bir farzandi — Rafiq Shomahmudovning oʻgʻli Tohirjon Shomahmudov bilan ham suhbatda boʻlishgan.

 

Jurnalist Fozil Farxod i sыn Rafika Shomaxmudova Toxirdjon Shomaxmudov
Fozil Farxod
Jurnalist Fozil Farhod va Rafiq Shomahmudova oʻgʻli Tohirjon Shomahmudov

 

"Shomahmudov oilasiga qoʻyilgan haykal Doʻstlik bogʻiga oʻrnatilayotganini eshitib, Xolida momo juda xursand boʻldilar”, hikoyasini davom etdi Fozil Farhod. Shomahmudovlar oilasi istiqomat qiladigan mahalla faollari "oʻzimizni mahallamizga olib kelaylik shu monumentni, ruxsat bering" deya, hukumatga xat ham yozishganini xotirlashibdi. Jurnalistning soʻzlariga koʻra, Jarariq mahallasi, Toshkoʻchada yashaydiganlarning hammasi bir-biri bilan  "apoq-chapoq" boʻlib ketgan: turli millat vakillari biri-biridan qiz olib, qiz bergan… Va bu anʼana shu kungacha davom etib kelayotir. Kattami yo kichik, hattoki uch-toʻrt yashar qizaloqlar ham jurnalistlar savolga tortganda,  gʻururlanib Shomahmudovlarmiz deb javob berar ekan…

"Olga-Xolida opaga qanday savol bilan murojaat qildingiz", soʻradim qiziqib. "Onalari haqida qiziqdik. "Oyim tez-tez tushimga kiradilar. Boshlariga oppoq roʻmol oʻrab olganlar. Kiyimlari ozoda. Oyim jannatdalar", deb javob berdilar. Onalarining ruhlariga Qurʼon tilovat qilishlarini ham aytdilar.

 

Xolida (Olga) Shomaxmudova so svoim semimesyachnыm pravnukom Muxammadumarom
Fozil Farxod
Xolida-Olga Shomahmudova yetti oylik chevarasi Muhammadumar bilan
Xolida momo urushdan keyin uni akasi qidirib kelganini, olib ketmoqchi boʻlganini ham eslabdi. "Endi ketmayman", deb turib olgan ekanlar". "Shu kechayu kunduzda 81 yoshni qarshi olgan Xolida ayani ancha toliqtirib qoʻydik… Ketishimiz oldidan  haykal oʻrnatilayotganiga yana bir bor juda xursand boʻlib, sof oʻzbek tilida duo qildilar", dedi Fozil Farhod.

Fozil Farhod: ajdodlarimiz oldida bosh egamiz…

Donolar aytganiday, ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba naqadar qimmatga tushganini yurtimizda yashayotgan har qaysi oila, har bir kishi takror va takror anglashi, qalbidan oʻtkazishi tabiiy hol. Oʻshanda 6,5 millionlik Oʻzbekiston xalqining 1,5 milliondan ortigʻi urushga ketgan edi. Bu butun oʻzbek xalqining bagʻri kuyib kul boʻldi, yuragi qon-qon yigʻladi degani. Shuncha ona jigarini yulib, jangu jadallarga joʻnatdi degani. Bu qanchalab shoʻrlik ayollar koʻksiga sogʻinch, intizorlik nayzasi sanchildi degani.

"Stantsiyaga har sutkada, uzluksiz ravishda, mamlakatning gʻarbiy rayonlaridan minglab evakuatsiya qilinganlar, yaradorlar keltirilar edi. Ularni joylashtirish, uy-joy bilan taʼminlash lozim edi. Toshkent aholisi barcha tashvishlarni yuragiga gʻoyatda yaqin olar edi. Bir kuni shaharga qamaldagi Leningrad bolalarini olib kelayotgan sostav kelishi maʼlum boʻldi. Vokzalga minglab oʻzbek ayollari kelishdi. Ular ochlikdan tinkasi qurigan bolalarni oʻz tarbiyasiga berishni iltimos qilishar, hattoki talab qilishar, bu haqda oʻtinib soʻrar edilar".

"Harbiy komendant qaydnomalari"dan olingan bu gaplar ayni haqiqatdir. Tarixni oʻchirib boʻlmaydi!

Sen yetim emassan,
Tinchlan, jigarim.
Quyoshday mehribon
Vataning-onang,
Zaminday vazminu
Mehnatkash, mushfiq
Istagan narsangni tayyorlaguvchi
Xalq bor-otang bor.

Shoir Gʻofur Gʻulom shunday boshlanuvchi sheʼrini urush davrida yetim qolgan bolalarga bagʻishlagan. Ha, oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy harakatlar qurshovida qolgan hududlar aholisini — 1 yarim milliondan ziyod odamni qabul qildi. Goʻyoki bagʻri boʻshab qolgan elimizning urushga ketgan yaqinlari oʻrnini bosib, yuraklariga taskinlik boʻlganday boʻldi bu… Evakuatsiya qilinganlar esa boshpanasini topdi! Oilasini topdi! Ota-onasini topdi! Vatanini topdi!

Maʼlumotlarga qaraganda, ularning 400 mingga yaqini — bola, shulardan 200 mingdan ortigʻi chin yetim boʻlgan. Shuncha bolani Oʻzbekistonning minglab oilasi oʻz bagʻriga oldi va bir mayizni qirq boʻlib yedi. Bolajonlar shu eldan mehr topdi. Bu xalqimizning azaliy bolajonligini bildirardi.

Toshkentlik Shoahmad ota va Baxri aya Shomahmudovlar ham shunday oilalardan biri edi. Ular ibrat koʻrsatib, urush davrida boshpanasiz, ota-onasiz qolgan 13 bolani, urushdan keyin ham yana 3 oʻgʻil-qizni oʻz tarbiyalariga olgan. Shoahmad ota va Baxri aya bagʻrida rus, belarus, ukrain, tatar, moldavan, yahudiy, latish, qozoq, chuvash millatiga mansub bolajonlar panoh topdi. Bugun bu oilaning oʻzbeklashib ketgan avlodlari Toshkentning Jarariq mahallasida yashamoqda.

Yana bir xushxabar! Shomahmudovlar oilasiga bagʻishlangan meʼmoriy yodgorlik shu kunlarda Respublika baynalmilal madaniy markazi tasarrufidagi Doʻstlik bogʻiga oʻrnatilmoqda.

Urush oʻchogʻida boʻlgan, front ortida beminnat xizmat qilgan buyuk bobolar, muhtarama momolar! Sizning oldingizda bosh egamiz!

Mavzu:
9 May - muqaddas Xotira va buyuk Gʻalaba kuni (34)

Asosiy mavzular