Akademik litsey bitiruvchilariga ishga kirish huquqini beruvchi sertifikat beriladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishInteraktivnaya shkola v Volgograde
Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademik litseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2-maydagi qarori bilan 2017/2018 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Bo‘sh o‘quv xonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Tasdiqlangan qabul qilish kvotalariga binoan 2017/2018 o‘quv yilida mamlakat akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari umumta’lim maktablarining 467 ming 19 nafar bitiruvchilarini qabul qiladi. Shu tariqa, umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari respublikadagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinadi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarni to‘ldirish quyidagicha tabaqalandi: akademik litseylarda — 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida — 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida.

Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi. Mazkur hujjat litsey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish yoki ishga joylashish huquqini beradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0