2017 yilda Toshkent valyuta qora bozorlaridan 500 ming $ musodara qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil boshidan buyon 177ta noqonuniy valyuta savdosi holati aniqlandi, 31ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, qolgan holatlarda qonunbuzarlar jarima to‘lashdi

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Toshkentda 2017-yil boshidan buyon umumiy qiymati 500 ming dollardan ortiq xorij valyutasi noqonuniy aylanmadan olib qo‘yildi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Urgutda bir guruh valyutafurushlar qo‘lga olindi

"2017 yil boshidan buyon departament xodimlari tomonidan 364,57 ming AQSh dollari, 11,746 ming yevro, 663,4 ming Rossiya rubli, 227,488 ming qozoq tangasi hamda 1,299 milliard so‘mga teng boshqa xorijiy valyutalar musodara qilindi. Musodara qilingan pullarning umumiy qiymati 500 ming AQSh dollaridan oshadi", — deb xabar qildi Bosh prokuratura vakili.

Departament ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon 177ta noqonuniy xorijiy valyuta sotish holati qayd etilgan. 31 holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 146ta holatda ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.

Respublika qonunchiligiga muvofiq, valyuta qiymatlariga noqonuniy egalik qilish yoki ularni fuqarolar tomonidan sotish qonunan jazolanadi – eng kam ish haqining besh baravarigacha (MB kursi bo‘yicha 200 dollar atrofida) jarimadan tortib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan, deb yozadi RIA Novosti.

Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura valyutachilarni yoppasiga tekshirdi

O‘zbekistonda 2013-yil 1-yanvardan aholiga erkin konvertatsiyadagi valyutani naqd ko‘rinishda sotish taqiqlangan. Jismoniy shaxslar xorijiy valyuta sotib olish uchun respublika tijorat banklarida xalqaro Visa yoki MasterCard Exchange tizimlarida maxsus konversion plastik kartalarni olishlari lozim.

O‘zbekistonda hozirda xorijiy valyutani almashtirishning bir nechta kurslari mavjud. O‘zbekiston Markaziy banki belgilagan rasmiy kurs bo‘yicha bir dollar 3734,91 so‘mga teng. Shuningdek, bir dollar 10 ming so‘m atrofida belgilangan birja kliring kursi ham mavjud. Undan tovar import qiluvchilar foydalanishadi. Qora bozor kursi 8 ming so‘m atrofida bo‘lib, undan aholi va xususiy biznes foydalanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0