O‘zbekistonda 10 kun davomida jazirama ob-havo kuzatiladi

© Ana_JAnomal issiq
Anomal issiq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi 10 kun mobaynida O‘zbekiston hududida jazirama issiq havo kuzatiladi

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometerologiya xizmati markazi xabar berishicha, O‘zbekistonga jazirama havo sharoiti yaqinlashib kelmoqda. Hafta oxiridan kelgusi hafta o‘rtasiga qadar O‘zbekistonda ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s dan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 darajadan 20-25 darajagacha bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo harorati keskin 33-40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Opolzen v Uzgene - Sputnik O‘zbekiston
FVV: O‘zganda yana 30ta uy ko‘chki ostida qoldi
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, 14-mayda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 S, kunduzi 14-16 mayda 25-30 daraja, 17-mayda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 mayda 20-25 daraja, 16-17 mayda 17-22 daraja, kunduzi 14-mayda 35-40 daraja bo‘ladi, 15-17 mayda 27-32 darajagacha pasayadi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, Sirdaryo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 mayda 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 16-17 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Yomg‘ir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilyapti
Qashqadaryo VA Surxondaryo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 14-15 mayda 35-40 daraja, 16-17 mayda 28-33 daraja bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-mayda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17-mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgar-tirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 14-15 mayda 32-37 daraja bo‘ladi, 16-17 mayda 27-32 darajagacha pasayadi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-16 mayda 10-15 daraja, 17-mayda 8-13 daraja, kunduzi 14-15 mayda 22-27 daraja, 16-17 mayda 18-23 daraja bo‘ladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0