O‘zbekiston farzandi, kosmonavt Jonibekov 75 yoshni qarshi oldi

© Sputnik / Aleksandr Mokletsov / Mediabankka o‘tishLotchik-kosmonavt V. Djanibekov
Lotchik-kosmonavt V. Djanibekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3170-raqamli kichik sayyoraga Vladimir Jonibekov nomi berilgan

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bugun fazogir uchuvchi, ikki marta Sovet ittifoqi Qahramoni Vladimir Jonibekov 75 yoshni qarshi oldi, deb yozadi RIA Novosti.

Vladimir Jonibekov 1942-yil 13-mayda Bo‘stonliq tumanining Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan.

1949-1953 yillarda Toshkentdagi turli maktablarda o‘qigan.

1953-1958 Toshkentdagi Suvorov nomli chegara qo‘shinlari bilim yurtida tahsil olgan.

Fazogir Solijon Sharipov - Sputnik O‘zbekiston
Fazogir Solijon Sharipov: Yangi yilda Markaziy Osiyoda tinchlik hukm sursin!

O‘qish davrida rassomchilik va astronomiyaga qiziqqan, qilichbozlik, kurash, og‘ir atletika bilan shug‘ullangan. Shtanga ko‘tarish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida rekordchi, yarim og‘ir vaznda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

1960 yilda maktabni oltin medalga bitirgan va Leningrad davlat universitetining fizika fakulteti astrofizika bo‘limiga o‘qishga kirgan.

1961 yilda universitetning birinchi kursini tamomlagach, Yeysk oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga o‘qishga kirgan va 1965-yilda a’lo baholarga bitirgan.

Vladimir Jonibekov 1978-yilning 10-yanvaridan 16-yanvariga qadar o‘zining ilk fazoviy parvozini "Salyut-6" orbital stansiyasiga amalga oshirgan.

Jonibekov ikkinchi marta 1981-yilning 22-martidan 30-martiga qadar mongol kosmonavti Jugderdemidiyn Gurragcha bilan parvoz qilgan.

Uchinchi bor 1982-yil 24-iyundan 2-iyulga qadar "Soyuz T-6" kosmik kemasi komandiri sifatida parvoz qilgan.

1984 va 1985-yillarda u yana parvozlarni amalga oshirgan bo‘lib, uning fazodagi jami parvozlari davomiyligi 145 kun 15 soat 58 daqiqani tashkil etadi.

Vladimir Jonibekov 1985-1990 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati bo‘lgan.

© Sputnik / Viktor Chernov / Mediabankka o‘tishVladimir Jonibekov sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik
Pamatnik Vladimiru Djanibekovu - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Jonibekov sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik

U ko‘plab orden va medallar sohibi hisoblanadi. Fazogirga Gagarin, Kaluga, Cherkessk (Rossiya), Arkalik, Jezkazgan (Qozog‘iston), Chirchiq (O‘zbekiston), Xyuston (AQSh), Ulan-Bator (Mongoliya) shaharlari faxriy fuqaroligi berilgan.

3170-raqamli kichik sayyora Jonibekov sharafiga nomlangan.

Toshkentda unga atab bronza bust o‘rnatilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0