15:20 25 Iyun 2017
Efir
Voditel avtobusa, arxivnoye foto

Moskva avtobuslarida ishlash uchun haydovchilar tanlovi boshlandi

© Sputnik/ Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
56521

Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiya agentligi Moskva avtobuslarida ishlash uchun haydovchilar tanlovi eʼlon qildi.

TOSHKENT, 14 maya — Sputnik. Agentlikning Facebookdagi sahifasida xabar berilishiga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya orasida imzolangan shartnomaga koʻra, “Mosgortrans” avtobuslarida ishlash uchun 1 ming nafar oʻzbekistonlik avtobus haydovchilari tanlab olinadi.

“Nomzodlar “D” haydovchilik kategoriyasiga ega boʻlishi, rus tilini yaxshi bilishi, sinchikov boʻlishi hamda korxona mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi kerak”, — deyilgan xabarda.

Shartnomada 3 oylik sinov muddati koʻzda tutilgan. Haydovchilar maoshi 43 mingdan 60 ming rublgacha belgilangan. Haydovchiga qoʻyilayotgan talablardan yana biri, uning aholi zich yashaydigan hududlardagi ish tajribasi 1 yildan koʻp boʻlishi kerak.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu vakansiya bilan qiziqqan nomzodlarni agentlikning mahalliy boʻlimlariga yoki quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishni soʻraydi: 8(371) 214-51-87 va 8(371) 214-47-29.

Asosiy mavzular