15:37 25 Iyun 2017
Efir
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Kitay

Pekinda “Bitta belbogʻ bitta yoʻl” xalqaro forumi ochildi

© Sputnik/ Sergey Guneyev/POOL
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
41830

Xitoy poytaxtida ikki kunlik “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” oliy darajadagi xalqaro hamkorlik forumi ochildi. Unda 110 mamlakatdan 1200 vakil, jumladan 29 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 14 maya — Sputnik. Forum dasturi ikki kunga boʻlingan. Birinchi kun forum ochilish marosimidan tashqari umumiy plenar majlis hamda oltita paralel mavzuiy uchrashuvlar boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Forumning ikkinchi kunida, yaʼni 15 may kuni, ikki bosqichli davra suhbati boʻlib oʻtadi. Davra suhbatlari “Yanxitsu” anjumanlar-markazida boʻlib oʻtadi. Davra suhbatining ikki bosqichi orasidagi tanaffusda suratga tushish marosimi boʻlib oʻtadi. Forum XXR raisi Si Tszinpinning matbuot anjumani bilan yakunlanadi.

«Bitta belbogʻ — bitta yoʻl» xalqaro hamkorlik forumini Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ochishi oldindan eʼlon qilingan edi.

«Bitta belbogʻ — bitta yoʻl» forumida 29 mamlakat rahbarlari ishtirok etmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozogʻiston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya, Vyetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Moʻgʻuliston, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari va Myanma davlat kotibi bor.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular