Tikuvchilar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTikuvchi qiz
Tikuvchi qiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qilingan

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Rossiyaning Astraxan shahrida joylashgan "Xaska" korxonasiga tikuvchilar ishga taklif qilinadi, deyiladi migratsiya agentligi xabarida.

Voditel avtobusa, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Moskva avtobuslarida ishlash uchun haydovchilar tanlovi boshlandi
Tikuvchilar ustki kiyimlarni tikish bilan shug‘ullanishlari va shu bois, ishga taklif qilinayotganlardan tegishli kvalifikatsiya talab etilishi qayd etilgan.

"Ish ikki smenada amalga oshiriladi, 1-smena 7.00dan 19.00 ga qadar (ikki kun ish ikki kun dam) va 2-semna 8.00dan 16.30ga qadar (shanba va yakshanba — dam olish kunlari)", deyilgan xabarda.

Ish beruvchidan qo‘yilayotgan talab: tikuvchilik kasbiga ega fuqarolardan rus tilida o‘qish, ma’lum miqdorda gaplasha olish va yoza olish ko‘nikmalari talab etiladi.

Smena uchun bir kunga berilgan topshiriq bajarilganda, 20 ming rubldan 40 ming rublgacha maosh to‘lanishi aytilgan.

Shuningdek, qo‘shimcha rag‘bat pullari ham berilishi mumkinligi qayd etilgan.

Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat (patent)ni rasmiylashtirishga ketadigan mablag‘ (8600 rubl) ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

Kursi russkogo yazika dlya migrantov v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona shahrida Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun markaz ochiladi
Bir kunlik yotoq joy va oziq-ovqat migrant uchun 33 rublga tushishi qo‘shimcha qilingan.

O‘zbekistondan Astraxan shahrigacha yo‘l kira haqi ish beruvchi tmonidan ham qoplanishi mumkin. Bunday holda ish beruvchi yo‘l kira uchun to‘lagan pulni 6 oy davomida ish haqidan ushlab qolishi aytilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu vakansiya bilan qiziqqan nomzodlarni agentlikning mahalliy bo‘limlariga yoki quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishni so‘raydi: 8(371) 214-51-87 va 8(371) 214-47-29.

Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Kamarniso ko‘chasi, 1-uy.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0