17:17 21 Sentyabr 2017
Efir
Predsedatel KNR Si Tszinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda 23 mlrd dollarlik shartnomalar imzoladi

Jason Lee/Pool Photo via AP
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
48910

Xitoy va Oʻzbekiston orasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostantsiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xoʻjaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolandi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boʻlgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd $ boʻlgan 105 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturi.

Imzolangan shartnomalar energetika, neftni qayta ishlash, elektrostantsiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xoʻjaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga tegishlidir.

Tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Tszinpin, bosh vazir Li Ketsyanom, Xitoy xalq deputatlari kengashi raisi Chjan Detszyanom hamda bir necha Xitoy banklari va yirik biznes tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev “Bitta belbogʻ – bittta yoʻl” forumida ishtirok etishi ham koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston prezidenti 15 may kuni soʻzga chiqishi rejalashtirilgan.

Xitoy biznes tuzilmalari vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda Mirziyoyev 2017 yilda Oʻzbekiston va Xitoy orasida tovar ayrboshlash hajmi 5 mlrd dollarga yetishini taʼkidladi. Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning yakunlariga koʻra, ushbu koʻrsatgich — 4,25 mlrd dollarni tashkil qilgan edi.  Bugungi kunda Oʻzbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil qilingan 700 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular