05:21 25 Noyabr 2017
Efir
Ekzamen.

Yuridik universitetga chet ellik talabalar imtihonsiz qabul qilinadi

© Sputnik/ Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)
55540

Toshkent yuridik universitetiga 2017-2018 yilda qabul qilinadigan talabalar soni 450 tadan 600 tagacha oshirildi

TOSHKENT, 15 maya — Sputnik. 2017-2018 oʻquv yilida Toshkent davlat Yuridik universitetiga qabul qilinadigan talabalar soni oshdi. Bu haqdagi prezident qarori lex.uz saytida chop etilgan.

Shuningdek, ushbu qarorda Toshkent Yuridik universitetiga hujjat topshirgan chet ellik talabalar kvotadan tashqari tartibda, imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ular faqat suhbatdan oʻtishi kerak boʻladi.  Beligilangan tartibga koʻra, chet ellik talabalar toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydi va oʻqish pulini xorijiy valyutada toʻlashi kerak boʻladi.

Qarorda aytilishiga koʻra, 2017-2018 oʻquv yildida TDYUUda bakalavrlar soni, toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalar hisobiga 450 tadan 600 tagacha oshirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)

Asosiy mavzular