09:33 21 Noyabr 2017
Efir
Vid na telebashnyu v Tashkente

Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi muxlislar taklifini kutmoqda

© Sputnik/ Stringer
Jamiyat
Havola olish
66450

Milliy teleradiokompaniya oʻz faoliyatini takomillashtirish uchun, unga befarq boʻlmagan muxlislarni muhokamaga taklif qildi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini takomillashtirish uchun Oʻzbekiston prezidenti qaroriga binoan maxsus komissiya tashkil qilindi.

Komissiyaning asosiy vazifasi sifatida sohada mavjud boʻlgan kamchiliklarni hamda xorijiy telekanallar tajribasini yaqindan oʻrganib chiqish va teleradiouzatish tizimining samaradorligini tubdan oshirish belgilangan.

Ushbu komissiya tomonidan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi muxlislari orasida faoliyatini takomillashtirish boʻyicha quyidagi manzilda ommaviy soʻrov oʻtkazilmoqda. 

U yerda sohaga befarq boʻlmagan fuqarolar Milliy teleradiokompaniya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini kiritishlari mumkin. Har bir taklif maxsus komissiya tomonidan oʻrganib chiqilishi xabar berilgan. 

Ayni damda Milliy teleradiokompaniya faoliyatini takomillashtirish uchun kontseptsiyani ishlab chiqish boʻyicha keng qamrovli ish olib borilmoqda. Bu haqda joriy yil 10 may kuni prezident matbuot xizmati kotibi Asad Xojayev tomonidan OAV vakillari oʻtkazilgan bilan uchrashuvda xabar bergan edi.

Eslatib oʻtamiz, 30 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev video muloqoti chogʻida Milliy teleradokompaniyasi faoliyatiga "Axborot" va "Davr" informatsion dasturlaridan kelib chiqib aytgan tanqidiy fikrlar bildirgan edi.

Oʻshanda Shavkat Mirziyoyev bu sohada ahvol haligacha "eski hammom, eski tos"ligicha qolayotganini, "Ura-ura"chilik zamoni oʻtgani, televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish, "Axborot" koʻrsatuvini oʻzgartirish kerakligini taʼkidlagan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular