23:13 20 Sentyabr 2017
Efir
Studentы biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya lektsii

Diplomatiya universiteti rektori SHHT mamlakatlari fuqarolarini oʻqishga taklif qildi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
23301

SHHT mamlakatlari talabalari va yosh mutaxassislari, bir sohada faoliyat yuritayotgan fakultetlar, kafedralar hamda laboratoriyalar orasida ilmiy aloqalar oʻrnatish muhim vazifa sifatida qayd etilmoqda.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida soʻzga chiqqan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdumalik Jumanov SHHT mamlakatlari talabalarini Oʻzbekiston OTMlarida oʻqishga taklif qildi.

Jumanov xabar berishiga koʻra, buning uchun uchun Oʻzbekiston OTMlariga qabul qilishning yengillashtirilgan jarayoni joriy etilgan.

JIDU rektori SHHT mamlakatlari talabalari va yosh mutaxassislari orasida muloqot oʻrnatishning muhim vazifa ekanini qayd etdi. Uning fikriga koʻra, buning uchun SHHTning yetakchi OTMlari tomonidan talaba va yosh mutaxassislar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.

Bir sohada faoliyat yuritayotgan fakultetlar, kafedralar hamda laboratoriyalar orasida ilmiy aloqalar oʻrnatish kerakligi alohida taʼkidlandi.

Jahon axborot agentligi xabari asosida.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

Asosiy mavzular