19:34 20 Iyul 2017
Efir
Predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Tszinpin

Si Tszinpin Qirgʻizistonni terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

© Sputnik/ Sergey Guneyev
Jamiyat
Havola olish
241 0 0

Xitoy raisi ikki mamlakatda va hududda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirish kerakligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 16 maya — Sputnik. XXR raisi Si Tszinpin “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyurgan Almazbek Atambayev bilan boʻlgan uchrashuvi davomida Qirzigʻistonda terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirish kerakligini taʼkidladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

“Xitoy va Qirgʻiziston hududda xavfsizlikni taxminlaydigan muhim kuchlardir. Ikki mamlakatda va hududda barqarorlikni saqlash uchun, biz birgalikda terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirishimiz kerak”, — dedi Si Tszinpin.

Shuningdek, Xitoy rahbari Qirgʻiziston mustaqilligini, hududiy butligini, uning ichki va tashqi siyosatini hamda tanlagan yoʻlini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

Atambayev oʻz navbatida Xitoyni koʻp yillik qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirib,  xavfsizlik, savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kuchaytirishga va yirik infraqurilma loyihalarida qatnashishga tayyor ekanini bildirdi.

Bishkek shahrining janubiy qismida portlash yuz berdi. Arxiv surat
© Sputnik/ Erkin Alыmbekov

Ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvida, shuningdek Xitoy tomonidan Qirgʻiziston fuqarolariga turistik va biznes vizalar berish jarayoni murakkablashtirilgani ham muhokama qilindi. Xitoy TIVi, oʻz navbatida,  viza berish aynan  Qirgʻiziston fuqarolariga qarshi emas, terrorchi, ekstremist va separatistlarga qarshi yoʻnaltirilganini xabar qildi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning avgust oyida Bishkekdagi Xitoy elchixonasiga xudkush-terrorchi hujum qilgan edi. Terrorchi koʻp miqdorda portlovchi moddalar toʻldirilgan mashinani elchixona hovlisiga haydab kirib portlatib yuborgan edi. Natijada, ikki nafar Qirgʻiziston fuqarosi turli jarohatlar olgan, lekin elchixona xodimlari zarar koʻrmagan edi. Kuchli portlash oqibatida elchixona binosiy jiddiy shikastlangan edi. Ushbu voqeadan keyin Xitoy Qirgʻiziston fuqarolariga kirish viasi berishni bir necha oyga toʻxtatib qoʻygan edi.

 

Asosiy mavzular