Tailand hukumati Facebookka ultimatum qo‘ydi

© AFP 2023 / JONATHAN NACKSTRAND Logotip Facebook
Logotip Facebook - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tailand hukumati noqonuniy ma’lumotlar tarqatilayotgan sahifalar yopilmasa, butun mamlakatda Facebookni blokirovka qilish bilan po‘pisa qilmoqda.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Noqonuniy ma’lumotlar tarqatilayotgan 131 sahifa yopilmasa, Tailand harbiylari mamlakatda Facebook ijtimoiy tarmog‘ini butunlay cheklashga tayyor, deb xabar qilmoqda mahalliy Bangkok Post gazeti.

Tailand hukumatining Facebookka qo‘ygan ultimatumi: internet provayderlari va Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati noqonuniy ma’lumotlar tarqatilayotgan 131 ta sahifani seshanba kuni soat 10:00 gacha yopishi kerak, bo‘lmasa hukumat ijtimoiy tarmoqni  butun mamlakat hududida blokirovka qiladi.

Tailand tabiati. - Sputnik O‘zbekiston
Tailand hukumati “chet el mafiyasi”ga urush e’lon qildi

Ayni damda, Tailandda soat 14:00 va ijtimoiy tarmoq odatdagidek ishlamoqda.

Tailand harbiy hukumati va Milliy tinchlik kengashi doimiy ravishda u yoki bu internet manbaalarini blokirovka qilib turadi. Blokirovka qilishga, ko‘p hollarda, qirol oilasini haqoratlash, terrorizm va ekstremizmga oid sahifalar kiritiladi.

Odatda, bunday hollarda Facebook faqat sud qarorarini hisobga oladi. Agar shunday ma’lumotlarning noqonuniyligi sud qarori tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, ushub sahifalar bir mamlakat hududida blokirovka qiladi.

Aytish joizki, Tailand aholisi dunyoda eng faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hisoblanadi. Facebookning Tailandda o‘z ofisi bor. Ushbu mamalkatda har bir fuqaro kun davomida ijtimoiy tarmoqda kamida 2,5 soat vaqt o‘tkazadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0