23:16 20 Sentyabr 2017
Efir
Odnoklassniki obʼyedinyayutsya s platejnoy sistemoy UZCARD

Ukraina "Odnoklassniki"ga kirishni chekladi

© Novosti Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
10401

Sanktsiyalar 3 yil muddatgacha kiritilgan. Rossiyaning 468 tashkiloti va 1228 jismoniy shaxsi taʼqiq ostida qolgan.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Ukraina Xavfsizlik xizmati "VKontakte", "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari va "Yandeks" xizmatlariga kirishni taʼqiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Sanktsiyalar 3 yil muddatgacha kiritilgan.  Rossiyaning 468 tashkiloti va 1228 jismoniy shaxsi taʼqiq ostida qolgan. "Laboratoriya Kasperskogo" va DrWeb kabi antivirus dasturlari ishlab chiqarayotgan kompaniyalari ham ular qatorida.

Hukumatning ushbu qarorini Ukraina prezidenti Petr Poroshenko oʻqib eshittirdi. Qaror 15 maydan boshlab kuchga kirgan.

Eslatib oʻtamiz, Ukraina Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan doimiy ravishda sanktsiyalar roʻyxatini kengaytirib kelmoqda. Bugungi kunda Rossiyaning bir necha aviatsiya, va kema qurish korxonalari, banklar, harbiy korxonalar taʼqiq ostiga olingan. Undan tashqari Qrimga safar uyushtirgan barcha Rossiya artistlari ham avtomatik ravishda taʼqiq ostiga olinmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular