Yangi 3310 sotuvga chiqarildi - Nokia brendi qayta tug‘ilmoqdami?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishYangi Nokia 3310
Yangi Nokia 3310 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarda aytilishiga ko‘ra, ushbu telefon sobiq Nokia kompaniyasi xodimlari (veteranlari) tomonidan yaratilgan.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Nokianing afsonaviy 3310 modeli, talablarga binoan qayta tug‘ildi. Bugundan boshlab Rossiyaning bir necha savdo tarmoqlarida magazinlarida yangilangan Nokia 3310 telefoni sotuvga chiqarildi. 

Xususan, "Svaznoy" va  "Yevroset" savdo do‘konlarida ushbu telefonni 3 990 rubl (~70$) ga sotib olish mumkin.

Afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangilangan versiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Nokia 3310 - bir oy zaradsiz ishlaydigan telefon

Telefon bir necha ranglarda ishlab chiqariladi sarik, qizil, kulrang va ko‘k. Yengil va mustahkam yasalgan yangi 3310 modeli  tashqi ko‘rinishi jihatidan eski 3310ga o‘xshash bo‘lib, 2,4 dumli ekran va 1200  mA/soatli akkumulyator va 2 Mpix kamera bilan jihozlangan. Ya’ni, faqat so‘zlashuv uchun ishlatilganda telefon zaradi bir oygacha yetishi mumkin ekan.

Avvalgi Nokia kompaniyasidan bugungi kunda faqat nomi (brend) qolgan. Ushbu telefon finlandiyaning HMD Global kompaniyasi nazorati ostida Xitoyda ishlab chiqarilgan.

2010 yil, dunyoda eng birinchi uyali telefonni yaratgan, va bir vaqtlar eng ulkan telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lgan Nokia, smartfonlar ommaviylasha boshlaganidan keyin yetakchilikni boy bera boshladi.

2013 yil, Nokia Microsoft ta’siri ostiga tushib qoldi, va oxir oqibat Microsoft uni sotib oldi. Mikrosoft boshchiligida bir necha muvffaqiyatsiz modellar ishlab chiqarilganidan keyin, uyali aloqa bozorida kompaniya ulushi juda kamayib ketdi.

2016 yil, Finlyandiyaning HMD Global Oy kompaniyasi "Nokia" brendi ostida mobil telefon va smartfonlar ishlab chiqarish haqida 10-yillik shartnoma imzoladi. Wikipedia xabariga ko‘ra, yangi Nokia Global HMD kompaniyasida sobiq Nokia kompaniyasida ishlagan xodimlar (veteranlar) ishlaydi.

Bugungi kunda, Nokia brendi ostida android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar va oddiy telefonlar ishlab chiqarilmoqda.  Uyali aloqa vositalarini ishlab chiqarish Xitoydagi Foxconn zavodida yo‘lga qo‘yilgan.

Xitoying Foxconn zavodi, dunyodagi eng zamonaviy va eng sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi. Masalan Iphone, Ipod telefon va planshetlari, Macbook noutbuklari va Canon fotoapparatlari aynan shu yerda ishlab chiqariladi.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishNokia yangi smartfonlari
Prezentatsiya novix smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Nokia yangi smartfonlari
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0