05:21 25 Noyabr 2017
Efir
Stranitsa sayta Twitter v okne brauzera kompyutera

17 may - Internet tugʻilgan kuni

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
123 0 0

Internet - oxirgi 50 yil davomida insoniyat yaratgan eng buyuk kashfiyotlardan biri boʻldi. Oldingi zamonlarda biror maʼlumot yoki bilim oʻrganish uchun odamlar minglab kitob varaqlarini izlashi, yuz yoki ming kilometr yoʻl bosishi, bir necha yil umr sarflashi kerak boʻlar edi. Bugun esa - qidiruv tizimiga toʻgʻri soʻrov kiritilsa bas.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Bugun Internet tugʻilgan kuni, 1991 yilning 17 mayida WWW standarti (Word Wide Web) – yagona xalqaro standart deb tan olingan. Albatta, oʻsha vaqtda Internetning insoniyat hayotini qay darajada oʻzgartirib yuborishini hech kim tasavvur ham qila olmagan…

Yevropa yadroviy izlanishlar kengashi olimi Tim Bernes-Li bir necha yil davomida oʻsha vaqtda mavjud kompyuterlar orasida aloqa qilish protokollarini birlashtirib, yagona tizim yaratiadi. Aynan Tim Berns bugungi Internetning uchta ustuni: HTTP — maʼlumot almashish protokoli, URI, URL – veb saytlar adresi identifikatori hamda  HTML – sayt yasash dasturlash tilini oʻylab topgan.

Tim Berns-Li - sozdatel Interneta
Tim Berns-Li
Aslida kompyuterlar orasida bundan oldin ham tarmoq mavjud boʻlgan va u mavffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan. Lekin uning nomi ham maqsadlari ham butunlay boshqacha boʻlgan. 

AQShda 1961 yilda paydo boʻlgan birinchi kompyuter tarmogʻi — ARPANET, harbiy maqsadlar yoʻlida yaratilgan boʻlib, u mamlakatning turli shatatlarida joylashgan Mudofaa vazirligi kompyuterlarini biri biri bilan bogʻlab turgan. Keyinchalik ushbu tarmoqqa NATO tarkibiga kiruvchi boshqa mamlakatlar ham qoʻshilgan.

ARPANET — tarmogʻining asosiy xususiyati – har bir kompyuter bir-biri bilan bir necha ulash markazlari (server) orqali bogʻlangan boʻlib, tarmoqning hatto yarmi kompyuterlari ishdan chiqsa ham, kompyuterlar oʻzaro aloqani yoʻqotmagan. (Sovuq urush yillarida, harbiylar har daqiqada yadro hujumi boshlanishiga tayyor boʻlishga harakat qilishgan)

Internetning aynan shu xususiyati tufayli, biror sahifani bugungi kunda ham toʻliq blokirovka qilish oson emas.

Web (ingliz tilida) — oʻrgimchak uyasi degani. Haqiqatdan ham, bugungi kunda Internet butun dunyoni minglab iplar bilan chulgʻab olgan oʻrgimchak uyasini eslatadi. Dunyo aholising yarmidan koʻpi, 3,7 mlrdi undan foydalanadi. Internetning 50 % foydalanuvchilari — Osiyo qitʼasida joylashgan, Yevropada —17 %, Lotin amerikasida – 10 %, Afrikada 9,3%,  Shimoliy amerikada – 8,5 %, Yaqin Sharqda – 3,8 % va Avstraliyada – 0,7.

Vsemirnaya set - Internet
Internet tarmoqlari koʻrinishi
Internet foydalanuvchilari soni boʻyicha yetakchi 10ta mamlakatlar qoʻyidagilar: Xitoy – 721 mln kishi, Hindiston (462 mln), AQSH (286 mln), Braziliya (139 mln), Yaponiya (115 mln), Rossiya (102 mln), Nigeriya (86 mln), Germaniya (71 mln), Buyuk Britaniya (60 mln), Meksika (58 mln).

Dunyondagi internet serverlarning 41 % — AQSH hududida joylashgan. Internetda chop etiladigan maʼlumotlarning 51 % — ingliz tilida. Rus tili – internetning eng tez oʻsib borayotgan tili hisoblanadi.

2016 yilgi statistika maʼlumotlariga koʻra, Oʻzebkistonda Internet foydalanuvchilari soni 15,5 mln kishini tashkil qiladi va har yili oʻrtacha 6 %ga oʻsib bormoqda. Ushbu koʻrsatgich boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 37 oʻrinda, MDH mamalkatlari orasida Rossiya va  Ukrainadan keyin uchinchi oʻrinda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular