03:25 17 Dekabr 2017
Efir
Prezidentы Uzbekistana i Turkmenistana - Shavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdыmuxamedov

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida qator hujjatlar imzolanadi

© Gosudarstvennoye informatsionnoye agentstvo Turkmenistana
Jamiyat
Havola olish
49220

Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida oʻzaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan shu yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tashrifda ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Orol fojiasidan eng koʻp zarar koʻrgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida oʻzaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifini amalga oshirgan hamda oliy darajadagi Oʻzbekiston — Turkmaniston muloqoti boʻlib oʻtgandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular