06:09 18 Dekabr 2017
Efir
Mobilnыy telefon

Oʻzbekistonda "mobil qullik"ka barham beriladi

© pixabay
Jamiyat
Havola olish
79910

Oʻzbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti boshqa kompaniyaga oʻz telefon raqamini saqlab qolgan holda oʻtishi mumkin boʻladi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar "mobil qullik" deb ataluvchi holatga barham berilishi mumkin, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz" "Oʻzbektelekom" AK bosh direktori Shuhrat Qodirovning soʻzlariga asoslanib.

Uning aytishicha, keyingi uch-toʻrt oy davomida bozordagi asosiy kompaniyalar darajasida bu mavzuning muhokama qilinishi faollashgan.

"Biz soʻnggi 3-4 oy davomida regulyator miqyosida ishlamoqdamiz, mazkur jarayonning qonunlari, texnik imkoniyatlarini oʻrganmoqdamiz. Hozirda mobil operatorlarning rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar tez-tez oʻtkazilmoqda, bu mavzu oxirgi paytda juda faollashgan va bu borada jiddiy ishlamoqdamiz. Yarim yildan bir yilgacha vaqt ichida bu amalga oshishi mumkin", deb taʼkidladi Qodirov.

"Mobil qullik"ning bekor qilinishi Oʻzbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti boshqa kompaniyaga oʻz telefon raqamini saqlab qolgan holda oʻtishi mumkinligini nazarda tutadi. Yaʼni abonent bir kompaniyadan olingan telefon raqami bilan boshqa kompaniya abonentiga aylanishi mumkin boʻladi.

Afsuski, "Oʻzbektelekom" rahbari bu xizmat pullik yoki bepulligi hamda agar pullik boʻlsa, qancha turishi haqida maʼlum qilmadi. Biroq Shuhrat Qodirovning soʻzlariga koʻra, "mobil qullik"ni bekor qilish haqidagi maʼlumot tez orada taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Joriy yilda Oʻzbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 21,4 mln nafardan oshdi. Mamlakat hududlarini mobil aloqa bilan keng qamrab olish uchun 2017 yil apreligacha 18,3 mingdan ortiq mobil aloqa stantsiyalari oʻrnatildi. Yil davomida bu koʻrsatkich 20 mingdan oshadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular