06:08 18 Dekabr 2017
Efir
Voyennoslujaщiy na strategicheskix ucheniyax

Oʻzbekiston ilk bor xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etadi

© Sputnik/ Aleksandr Kondratyuk
Jamiyat
Havola olish
44031

Uchinchi xalqaro armiya oʻyinlari 29 iyuldan 12 avgustga qadar Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Xitoyda boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston, Suriya, JAR, Isroil, Fiji, Uganda va Laos ilk ilk marta xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Uchinchi xalqaro armiya oʻyinlari 29 iyuldan 12 avgustga qadar Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Xitoyda boʻlib oʻtadi, deb maʼlum qildi "ArMI-2017" tashkiliy qoʻmitasi.

"Oʻzbekiston, Suriya, JAR, Isroil, Fiji, Uganda va Laos ilk ilk marta xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etadi, deb yozadi RIA Novosti. Bugunga qadar jami 27 mamlakat oʻyinlarda ishtirok etishini tasdiqladi, oʻz qiziqishini bildirgan yana 16 mamlakat hozircha yakuniy qarorga kelmadi. Taklifnomalar 73 mamlakatga joʻnatilgandi", — deya maʼlum qildi tashkiliy qoʻmita 32 mamlakat harbiy attashelari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda.

Oʻyinlar harbiy xizmatchilarning dala, havo va dengizdagi mahoratlarini sinovdan oʻtkazuvchi 28 tanlovdan iborat boʻladi. Bu yil oʻyinlarga beshta yangi yoʻnalish kiritildi: bular "Harbiy ralli" (ming kilometr masofaga harbiy yoʻltanlamas mashinalarida harakatlanish), "Uchuvchisiz uchar qurilmalarni boshqarish musobaqasi", "Hamdoʻstlik jangchisi" (MDH mamlakatlari harbiylarining harbiy-professional mahorati), "Tartib posboni" (harbiy politsiyachilar oʻrtasida musobaqa), "Yoʻl patruli" (harbiy avtoinspektsiyalar musobaqasi) musobaqalaridir.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular