06:09 18 Dekabr 2017
Efir
Pervыy den rabotы s passajirami

Toshkentdagi har bir avtobus ventilyatorlar bilan jihozlanadi

© Sergey Kivenko
Jamiyat
Havola olish
12610

Har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishini oldini oladigan hamda koʻrinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) hamda 3 tadan ventilyator moslamasi oʻrnatiladi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Toshkent shahridagi har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishini oldini oladigan parda va 3 tadan ventilyator moslamasi oʻrnatiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 17 may kuni "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda X.Xolmatov 12 va 13 may kunlari oʻtkazilgan yigʻilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi toʻgʻrisida avtobus korxonalari rahbarlarining hisobotini tingladi.

"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida ijobiy oʻzgarishlar qilish va aholining roziligini olish uchun avtobus korxonalari rahbarlariga berilgan oʻn kunlik muddatdan 5 kuni qolganligini taʼkidlab, oʻtgan 5 kun davomida ishni yaxshi tomonga oʻzgartirmagan rahbarlarni ogohlantirdi.

"3-avtobus saroyi" MCHJ direktorining tasarruf boʻyicha oʻrinbosari oʻziga berilgan topshiriqlarning bajarilishida masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyganligi, oʻz kasbiga sovuqqonlik bilan yondashganligi, avtobus haydovchilari oʻrtasida tushuntirish ishlarini yetarlicha olib bormagani va mehnat intizomini susaytirib yuborgani uchun uni egallab turgan lavozimidan ozod etish taklifi berildi.

Shuningdek, Germaniyadan keltirilgan 1,95 mln yevrolik ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon toʻxtab turgan avtobuslarga qoʻyib, yoʻnalishlarda harakat muntazamligini koʻtarish boʻyicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishini oldini oladigan hamda koʻrinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) hamda kunning jazirama kunlarida yoʻlovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini oʻrnatish boʻyicha mutasaddi xodimlarga vazifalar berildi.

Oʻziga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarmasdan masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyganligi uchun "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari M.Valiyevni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi berildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular