11:11 23 Avgust 2017
Efir
Montaj vыshek sotovoy svyazi

“Oʻzbektelekom” yarim yilda internet tezligini uch baravar oshiradi

© Sputnik/ Yakov Andreyev
Jamiyat
Havola olish
127 0 0

“Oʻzbektelekom” rahbari tashkilot tomonidan taklif qilinayotgan xizmatlar zamon talablariga mos ravishda oʻzgarib borishini va yaqin yarim yilda internet tezligi 200 Gbit/soniyaga oshishini xabar qildi.

TOSHKENT, 17 maya — Sputnik.Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro press-klub kengashida Oʻzbekistonning bosh telekommunikatsiya operatori “Oʻzbektelekom” direktori Shuhrat Qodirov tashkilotning bugungi kundagi rivojlanishi haqida xabar qildi.

Uning soʻzlariga qaraganda, ushbu oʻzgarishlar kompaniya xizmatlari sifatini oshirish va jahon telekommunikatsiya bozoridagi eng yangi oqimlarni qamrab olish imkonini beradi. Undan tashqari kompaniyada yangi, tashabuskor rahbariyat shakllanib, ular oʻz faoliyatida 3-5 yildan keyin ommaviy talabga ega boʻladigan xizmatlarga ustuvor eʼtibor qaratmoqda.

“Biz oʻz faoliyatimizda nafaqat Oʻzbekiston bozorida yuz berayotgan oʻzgarishlarni, balkim dunyodagi oʻzgarishlarga eʼtibor qaratmoqdamiz. Hozir bulutli xizmatlar zamoni kelmoqda. Koʻplab xizmatlar virtuallashmoqda va aholi orasida va iqtisodning turli jabhalarida ularning ommaviyligi oshmoqda”, — dedi Qodirov.

Uning soʻzlariga qaraganda, zamon talablariga binoan kompaniya tarkibi va ham oʻzgarib bormoqda. Yangi tuzilgan kompaniya korporativ boshqaruvning, biznes olib borishning va xarajatlarni optimizatsiya qilishning eng zamonaviy talablariga javob beradigan boʻladi.

“Biz sarmoyaviy loyihalarimizni butunlay qayta koʻrib chiqmoqdamiz. Bajarilgan ishlarning ham roʻyxati uzun. Bu aloqa magistrallari, mamlakatni raqamlashtirish ishlari. Biz oʻz muammolarimizni yaxshi tushunamiz va shu bilan birga asosiy ishlar bajarilgan deb hisoblaymiz. Endi esa – kelajakka qadam tashlash kerak”, — deydi “Oʻzbektelekom” rahbari.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston axborot kommunikatsiya sohasi vakillari oʻtgan yili Oʻzbekiston provayderlari tomonidan foydalanilgan tashqi internet kanali tezligi oʻtgan yili 26,3 Gbit/soniyani, bu yil – 65,7 Gbit/soniyani tashkil qilganini xabar qilishdi. Qodirov aytishiga qaraganda, bu hali kam. Internet foydalanuvchilarining oʻzlari ham kattaroq tezliklar talab qilishmoqda.

“Oʻtgan yil davomida tashqi internet aloqasi tezligi ikki barobar oshdi. Hozir boʻlsa yarim yil ichida uning yezligini 200 Gbit/soniyaga yetkizishni rejalashtiriganmiz, yaʼni bugungidan uch baravar tez boʻladi.

Shuningdek, “Oʻzbektelekom” rahbari yaqin orada boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan aktsiyadorlar kengashida yaqin va uzoq muddatli rejalar tasdiqlanishini xabar qildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular