02:06 29 Iyun 2017
Efir
Prezident SSHA Donald Tramp

Tramp tufayli dunyoning eng boy odamlari kambagʻallashmoqda

REUTERS / Carlos Barria
Jamiyat
Havola olish
35430

Amerika Fond birjalarida qayd etilgan natijalarga koʻra, oxirgi uch kunda dunyoning eng boy 500 odami 35 milliard dollarga kabagʻallashgan.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Dunyoning eng boy odamlari AQShdagi siyosiy beqarorlik tufayli ulkan mablagʻlarini yoʻqotmoqda, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Bunga sabab — Donald Tramp prezident boʻlganidan keyin AQShdagi yetakchi siyosiy kuchlar orasidagi nizolar haligacha tinmasdan davom etayotganidir. Xususan, jamiyaga taʼsiri kuchli boʻlgan OAVlar Donald Trampning u yoki bu ishini qoralab yozmoqda.

Masalan, New York Times, Donald Tramp FBR sobiq boshligʻi Jeyms Komidan sobiq prezident yordamchisi Maykl Flinga nisbatan tergov ishlarini toʻxtatishni talab qilgan, deb yozgan.  Oq uy bu xabarga rad javobi bermoqda.

Undan oldin, Washington Post Tramp Rossiya bosh vaziri Lavrovga davlat sirini fosh qildi, deb jar solgan edi. Oq uy buni ham inkor qilmoqda.

Mana shunday "axborot urushi" mamlakatda siyosiy beqarorlik keltirib chiqarmoqda. Siyosiy beqarorlik esa, oʻz navbatida AQShning yetakchi kompaniyalari aktsiyalari narxining tushishiga olib kelmoqda.

Oxirgi uch kun ichida dunyoning eng boy odami Microsoft direktori Bill Geyts — 1 mlrd, Amazon yaratuvchisi Djef Bezos — 1,71 mlrd, Zara brendi asoschisi Amansio Ortegi — 355 million dollar yoʻqotishdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular