11:15 23 Avgust 2017
Efir
Jenix i nevesta na brakosochetanii

15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan yoshlarga ajoyib tuhfa

flickr.com/ ChuWeiHunG IPhoto
Jamiyat
Havola olish
26801

Toshkent shahrining Sergeli tumanida zamonaviy usulda barpo etilgan FXDYO idorasi foydalanishga topshirildi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Binoning ochilish marosimi 15 may — "Xalqaro oila kuni" bilan uygʻunlikda boʻlib oʻtdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Idora binosi barcha zamonaviy texnologiyalar, kerakli anjomlar bilan jihozlangan. Yoshlarni oilaga tayyorlash, ularning bu sohadagi bilimlarini yanada boyitish, nikohlanuvchilarga sogʻlom turmush tarzini targʻib etish yuzasidan "Yosh oila quruvchilar maktabi" mashgʻulotlarini tizimli ravishda olib borish uchun alohida maslahat xonalari, hujjatlarni saqlash uchun maxsus xonalar tashkil etilgan.

Marosimda Adliya vazirligi, shahar adliya boshqarmasi, hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddi xodimlari, faxriylar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

Asosiy mavzular