06:01 28 May 2017
Efir
Reyd GIBDD protiv nelegalnыx taksistov

Haydovchi-migrantlarga yana bir yil muhlat berildi

© Sputnik/ Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
218 0 0

Haydovchi boʻlib ishlayotgan migrantlarga Rossiya haydovchilik guvohnomasi olish majburiyati haqidagi qonun kuchga kirishi yana bir yilga kechiktirildi.

TOSHKENT, 18 maya — Sputnik. Rossiya hududida haydovchi boʻlib ishlayotgan migrantlarga Rossiya haydovchilik guvohnomasi olish majburiyati yana bir yilga – 2018 yilning 1 iyuliga qadar kechiktirildi, deb xabar qilmoqda “Kommersant” nashri.

Rossiya Davlat dumasi 2013 yilda, haydovchi boʻlib ishlayotgan migrantlar Rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi kerakligi, aks holda transport vositalarining texnik holati va haydovchilarni ishga chiqishiga ruxsat beradigan shaxs 50 ming rubl jarimaga tortilishi haqida qonun loyihasiga qabul qilgan edi.

Rossiya qonunchiligida va haydovchilik guvohnomasi berishda jarayonida mavjud boʻlgan muammolar tufayli ushbu qonun kuchga kirishi bir necha yildan beri orqaga surilib kelmoqda.

Ana shunday muammolar orasida migrantlarni qayerda va qanday YHX qoidalariga oʻqitish, beriladigan haydovchilik guvohnomasi amal qilish muddati, MDH davlatlari orasida ushbu sohada amal qilayotgan davlatlararo shartnomalar va boshqalar bor.

Undan tashqari, ushbu ish yoppasiga amalga oshirilgan holda koʻplab avtotransport korxonalari haydovchisiz qolishi mumkin, chunki mahalliy aholi migrantlar rozi boʻlib ishlayotgan maosh va sharoitlarda ishlashga tayyor emas.

Statistika maʼlumotlariga koʻra, migrant-haydovchilar amalga oshirayotgan qoidabuzarliklar soni yildan yilga oshib bormoqda. 2016 yilda migrant haydovchilar oldingi yilga nisbatan 4,5 % koʻp qoidabuzarlik amalga oshirgan boʻlsa, 2017 yilning birinchi oylarida oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 11% koʻp qoidabuzarlik sodir etgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular