06:08 18 Dekabr 2017
Efir
Lola qizgʻaldoq

Lola Karimova "Lola sayli" bayrami haqida hikoya qildi

© lola_tillaeva
Jamiyat
Havola olish
249 0 0

Lola sayli bir necha ming yillik tarixga ega. Mazkur bayramni xalq tomonidan tanlangan "lolachilar" boshqarganlar. Ular oʻz doʻstlari bilan birga bayram vaqti va joyini aniqlab, xalqqa eʼlon qilganlar. Bayram oʻtkazilishidan oldin lolachilar daraxt shohini kesib, uni lola bilan bezaganlar, deb yozadi Lola Karimova oʻzining Instagrammdagi sahifasida

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida oʻzbek xalq udumlaridan biri "Lola sayli" haqida maʼlumot berdi.

Lola sayli (Lolabayram, ayrim hududlarda Guli surx deya nomlanadi) — oʻzbek xalqining qadimiy bayramlaridan biri boʻlib, Navroʻzdan soʻng, yaʼni aprel oyining oxiri — may oyining boshlarida, lola va lolaqizgʻaldoq ochilgan vaqtlarda oʻtkaziladi.

Lola sayli bir necha ming yillik tarixga ega. Mazkur bayramni xalq tomonidan tanlangan "lolachilar" boshqarganlar. Ular oʻz doʻstlari bilan birga bayram vaqti va joyini aniqlab, xalqqa eʼlon qilganlar. Bayram oʻtkazilishidan oldin lolachilar daraxt shohini kesib, uni lola bilan bezaganlar. Bayram kuni gullar bilan bezalgan daraxt shohini shahar markazi tomon koʻpchilik boʻlib olib oʻtganlar. Odamlar uylaridan chiqib, niyat qilib daraxt shohiga mato parchalari yoki roʻmolchalarni bogʻlaganlar va lolachilarga ergashganlar. Bayram oʻyin kulgi, ashula-raqs bilan oʻtib, unda askiyachilar va dorbozlar ishtirok etganlar, polvonlar orasida kurash bellashuvlari ham oʻtkazilgan.

Buxoro hududida bayram arafasida savdogarlar doʻkonlarini gullar bilan bezaganlar. Odatga koʻra, atirgul barglaridan murabbo pishirib, uni uyga kelgan mexmon oldiga dasturxonga tortganlar.

Lola sayli bizgacha yetib kelib, vatanimizning asosan togʻli hududlarida nishonlanadi. Bayramning ramziy maʼnosi yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, xalq sayli va oʻyin-kulgi bilan nishonlash udumi saqlanib qolgan, deb yozadi Lola Karimova oʻzining instagrammdagi sahifasida.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular