11:49 25 May 2017
Efir
Oʻzbekistonlik talaba

Chet elda oʻqiganlar ortiqcha ovoragarchiliksiz ishga joylashadi

© UIT
Jamiyat
Havola olish
339 0 0

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingi asosida roʻyxatga kiritilgan oliy oʻquv dargohlarini tamomlagan oʻzbekistonliklar oʻz vatanida maxsus sinovlar topshirmaydi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Diplomlarni nostrifikatsiyalashda qulayliklar yaratildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Qayd etilishicha, Toshkentdagi milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat test markazi tomonidan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash hamda nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash amaliyoti, tajriba va natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilgan.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston yoshlari orasida xorijda taʼlim olayotganlar safi kengayib bormoqda. Ularning Oʻzbekistonga qaytib kelib, ishga joylashishida maʼlum tartiblar belgilangan. Yaqinda xorijiy davlatlarning taʼlim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash borasida qoʻshimcha yangi meʼyor va qulayliklar yaratildi.

"Bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi "Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori asosida amalga oshiriladi, – degan Davlat test markazi boʻlim boshligʻi N.Eshonqulov. – Nizomga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingi asosida roʻyxatga kiritilgan oliy oʻquv dargohlarini tamomlagan yurtdoshlarimiz maxsus sinovlar topshirmaydi".

Yaʼni ular ortiqcha ovoragarchiliklarsiz mutaxassisligi boʻyicha ishga bemalol joylashishi mumkin.

Mazkur xalqaro reyting boʻyicha roʻyxatga kiritilmagan oliy taʼlim muassasalarini bitirganlarga bu imkoniyat berilmaydi. Bundan tashqari, nizomda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha ham yangi tartiblar belgilangan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular