18:24 23 Oktyabr 2017
Efir
Sotrudnitsa rossiyskogo kolbasnogo tsexa Gulsen Badayeva

Rossiya Oʻzbekistonga xalol mahsulot yetkizib beradi

Sputnik / Asel Minbayeva
Jamiyat
Havola olish
63120

Rossiyalik halol mahsulot ishlab chiqaruvchilar Oʻrta Osiyo mamlakatlari bozorlariga ulkan qiziqishi bor ekan.

TOSHKENT, 18 maya — Sputnik, Asel Minbayeva. Qozonda boʻlib oʻtgan Russia Halal Expo koʻrgazmasida istalgan turdagi goʻsht mahsulotlarini topish mumkin: bu yerda parhez kurka goʻshtidan tansiq ot goʻshtigacha bor. Xaridorlarning esa keti uzilmaydi.

Sotuvchilar aytishiga qaraganda “Halol” belgisi qoʻyilgan mahsulotlarni faqat musulmonlar emas, koʻpchillik sotib olishga tayyor. Goʻshtni qayta ishlash korxonasi menedjeri Guzali Xarullovaning fikriga koʻra, buning sababi, odamlarni “halol” mahsulotlarining yuqori sifatli ekanligidir.

Menedjer po razvitiyu rossiyskogo myasopererabatыvayuщego predpriyatiya Guzali Xarullova
Sputnik / Asel Minbayeva
Goʻshtni qayta ishlan korxonasi xodimi Guzali Xarullova

“Halol mahsulotlarning asosiy belgisi, bu – uarning sifatidir. Olimlar aniqlashiga qaraganda, musulmoncha uslubda, qonini toʻliq chiqarib soʻyilgan jonivor goʻshti – odam organizmi uchun eng foydali goʻsht ekan”, — deydi Xarullova.

Halol kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradigan tsex xodimi Gulsen Badayeva, mahsulot narxi 5-10% qimmat boʻlishiga qaramasdan, Belorussiyaga halol mahsulotlar yetkizib berish hajmi oshayotganini qayd etdi.

“Ularning oʻzlari bizning mahsulot bilan qiziqib, murojaat qilishdi. Biz Qozogʻistonga ham eksport qilamiz. Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikistonda ham musulmon aholi koʻp boʻlgani tufayli, bizning u mamlakatlar bozorlariga ham qiziqishimiz bor”, — dedi Badayeva.

Otkrыtiye vыstavochnoy ekspozitsii RUSSIA HALAL EXPO v ramkax IX Mejdunarodnogo ekonomicheskogo sammita Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit 2017 v Kazani
© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Russia Halal Expo koʻrgazmasi

Agrofirma menedjeri Ayrat Gatiyatullin ham Oʻrta Osiyo aholisiga parhez kurka goʻshti yetkizib berishni rejalashtirmoqda. Uning soʻzlariga qaraganda, Rossiya korxonalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan  raqobat qilishga tayyor.

“Biz Qozogʻiston bozoriga diqqat bilan qarayapmiz, undan keyin Qirgʻizistonga. U yerning bozorini boʻsh deb boʻlmaydi, lekin biz u yerga bormoqchimiz. Har bir mahsulotning oʻz xaridori bor”, — deyidi tadbirkor.

Menedjer agrofirmы Ayrat Gatiyatullin
Sputnik / Asel Minbayeva
Ayrat Gatiyatullin - agrofirma menedjeri

“Halol” standartini saqlash boʻyicha Nazorat boʻlimi direktori Alimjan Galeyev aytishiga qarganda, Rossiyada mahsulot haqiqatdan ham musulmonlar talabiga javob berish-bermasligini aniqlash uchun juda katta ishlar qilinmoqda.

“Buning uchun nafaqat tayyor mahsulotlar balkim ishlab chiqarish sharoitlari ham nazorat qilinmoqda. Rastalarda “halol” belgisi qoʻyilgan mahsulotlar laboratori tekshiruvidan oʻtkazilmoqda”, — deydi Galeyev.

Direktor otdela po nadzoru za soblyudeniyem standarta Xalyal Mejdunarodnogo Tsentra standartizatsii i sertifikatsii Xalyal Soveta muftiyev Rossii Alimdjan Galeyev
Sputnik / Asel Minbayeva
Olimjon Galeyev - “Halol” standartini saqlash boʻyicha Nazorat boʻlimi direktori

Galeyev aytishiga qaraganda, baʼzan umuman musumonlar talabiga javob bermaydigan mahsulotlar ham uchrab turadi. Bunday mahsulotlar haqida musulmonlarni ogohlantirish uchun maxsus sayt ham ishlab turibdi.

Russia Halal Expo koʻrgazmasi "Rossiya — islom dunyosi: KazanSummit" Xalqaro iqtisodiy sammiti doirasida oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular