17:16 21 Sentyabr 2017
Efir
Baza stroiteley Verxne-Narыnskogo kaskada GES

Ekspert: Oʻrta Osiyo energiya halqasining qayta tiklanishi - bu juda yaxshi xabar

Sputnik / Vsevolod Tarasevich
Jamiyat
Havola olish
68140

Ekspertlar fikriga koʻra, Oʻrta Osiyo suv energetikasi umumiy quvvati yiliga oʻrtacha 430-460 milliard kilovatt-soatni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Ostonada yaqinda imzolangan shartnomaga koʻra Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Oʻrta Osiyo energiya halqasini qayta tiklashga kelishib olishdi.

Oʻrta Osiyo energiya haqlasining qayta tiklanishi bu juda yaxshi xabar deb hisoblaydi Oʻrta Osiyo mamlakatlari boʻyicha ekspert Andrey Zaxvatov.

"Energiya halqasini qayta tiklash haqidagi shartnoma — bu juda yaxshi yangilik. Aslida, buni bir necha yil oldin amalga oshirish kerak edi. Bunga kuz va qish vaqtida energiya defitsiti his qilayotgan Tojikiston koʻproq muhtoj. Qirgʻiziston ham Tojikistondan yoz oylarida elektr energiyasi sotib olishga muhtoj", — deydi ekspert.

Sanoati izchil rivojlanib borayotgan Oʻzbekistonga ham qoʻshimcha elektr quvvatiga ehtiyoj sezmoqda. Yoz oylarida uni Tojikistondan sotib olishi mumkin.

Andrey Zaxvatov, arxivnoye foto
Andrey Zaxvatov - Oʻrta Osiyo mamlakatlari boʻyicha ekspert
"Yagona energiya halqasini tiklash uchun kamida 2 yil vaqt kerak boʻladi. Shuning uchun Tojikistonda bu yilgi qish mavsumida ham elektr energiyasi taqchilligi sezilib turadi.

Ekspertlar fikriga koʻra, Oʻrta Osiyo suv energetikasi umumiy quvvati yiliga oʻrtacha 430-460 milliard kilovatt-soatni tashkil qiladi.

Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular