07:50 21 Avgust 2017
Efir
Bolalar fontanda choʻmilmoqda

Samarqand hokimligi: joriy yilda 30 mingga yaqin bola yozgi oromgohlarda dam olishadi

© Sputnik/ Vitaly Timkiv
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Joriy yilda Oʻzbekistondagi 79ta oromgohlarda bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Har bir oromgohga 550 dan 700 tagacha badiiy adabiyotlar, ertak kitoblar yetkaziladi. Yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish tartiblari ishlab chiqilgan

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oromgohlarda tayyorgarlik qizgʻin, deb xabar qildi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi boʻlim mudiri Akbar Abdusaidov.

Abdusaidovning soʻzlariga koʻra, bolalarning yozgi sogʻlomlashtirish mavsumini namunali tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Samarqand viloyat hokimligi hamda kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi qoʻshma qarori asosida viloyatdagi yozgi dam olish oromgohlarida bolalar uchun munosib yashash sharoiti yaratish, zarur madaniy-maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha qizgʻin tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda 24 ta doimiy, 55 ta kunduzgi oromgohda 22 ming 700 nafar bolani dam oldirish rejalashtirilgan. Shuningdek, bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan oromgohlar — umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun "Texnik ijodkorlik", "Ekologiya, biologiya va oʻlkashunoslik", "Intellektual rivojlantirish", tarbiyasi ogʻir, ichki ishlar idoralarida roʻyxatda turuvchi bolalar uchun "Tarbiya va sport sogʻlomlashtirish" hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida tahsil olayotgan oʻquvchilarga "Mehnat va dam oldirish" oromgohlari tashkil etish belgilangan.

Taʼtil paytida barcha yozgi oromgohlarga malakali va faol yetakchilarni jalb etish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun turli koʻngilochar dasturlar, sport va badiiy tanlovlar uyushtirish, ular bilan ishlash unumdorligini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mavsum davomida shahardan tashqari 24 ta oromgohga 626 nafar ishchi-xodimlar — tarbiyachi, yetakchi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, ichki ishlar, yongʻin xavfsizligi, tibbiyot xodimlari, sportchi yoʻriqchi, oshpazlar biriktiriladi. Ayni kunlarda ular mutasaddi boshqarmalar va malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tegishli dasturlar asosida oʻqitilmoqda.

Bundan tashqari, tarbiyachi, yetakchi, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, suzish yoʻriqchisi, musiqa rahbari, kutubxonachi va tibbiyot xodimlarining namunaviy ish rejalari ham tuzilgan.

Deti v detskom sadu
Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniya RUz
Oshpazlar oʻrtasida tanlov, tarbiyachi, yetakchi, sport yoʻriqchisi, tibbiyot xodimlari ishtirokida amaliy seminar oʻtkazishga hozirlik koʻrilmoqda.

Har bir oromgohga 550 dan 700 tagacha badiiy adabiyotlar, ertak kitoblar yetkaziladi. Yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish tartiblari ishlab chiqildi. "Oʻzbekkino" milliy agentligi viloyat boʻlimi koʻmagida bolalar uchun badiiy filmlar va multfilmlar namoyish etish choralari belgilandi.

Viloyat madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan barcha oromgohlarda 10 iyundan 10 avgustga qadar teatrlar aktyorlari, taniqli sanʼatkorlar, sportchilar, shoirlar va olimlar bilan uchrashuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi. Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi viloyat filiali tomonidan statsionar oromgohlarga sportning futbol, voleybol, basketbol, qoʻl toʻpi, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, badiiy gimnastika turlariga oid 759 ta inventarlar yetkazib beriladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular