23:38 18 Oktyabr 2017
Efir
Uzbekskiy militsioner

Buxoro viloyati IIB internetda tarqalgan mish-mishlarga ishonmaslikni soʻradi

AP Photo / Anvar Ilyasov
Jamiyat
Havola olish
132640

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda jangari koʻrinishidagi shaxslar tomonidan IIB YHX xodimiga jismoniy qarshilik koʻrsatilganligi holati haqidagi videolavhalar internet tarmogʻida tarqalgan

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. 2017 yilning 17 may kuni Buxoro shahrining markaziy koʻchalaridan birida IIB YHX xodimi tomonidan jangari koʻrinishidagi, qurollangan shaxslar harakatlanib ketayotganligi aniqlanib toʻxtatilganligi hamda ular tomonidan IIB YHX xodimiga jismoniy qarshilik koʻrsatilganligi holati haqidagi videolavhalar internet tarmogʻida tarqalib, fuqarolar orasida xavotirga sabab boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB rasmiy maʼlumot berdi.

Buxoro viloyati hokimligining saytida berilgan maʼlumotga koʻra, 2017 yilning 17 may kuni Buxoro shahrining markaziy koʻchalarida viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan oʻquv-taktik mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Favqulodda vaziyatlar chogʻida jangovar-taktik koʻnikmani shakllantirish, aholining ogohligini oshirish maqsadida tashkil etilgan oʻquv mashgʻuloti jarayonida Vatan posbonlari oʻz mahoratlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdilar.

Ushbu mashgʻulot vaqtida Buxoro shahar markazida shartli boʻlgan shubhali shaxslar harakatlanib kelayotgan avtomashina shu hududda xizmat vazifasini oʻtayotgan IIB YHX xodimining hushyorligi tufayli oʻz vaqtida toʻxtatib qolinishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, mahalliy aholi IIB xodimini qoʻllab-quvvatlab, ushbu shaxslarning harakatlari xususida oʻz vaqtida IIBning navbatchilik qismiga xabar bergan. Soʻng, shubhali shaxslarni qoʻlga olish tadbiri oʻtkazilib, oʻquv mashgʻuloti tugallangan.

Mazkur tadbir natijasida aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlarining ogohligi yuqori ekanligi hamda barcha fuqarolar tinch va osuda hayotimizni qoʻlidan kelganicha himoyalashga tayyor ekanligini namoyon qilishdi.

Shu oʻrinda yana bir mulohaza. Oʻquv mashgʻulotlari chogʻida ayrim tomoshatalab aholi vakillari tomonidan tushirilgan videolavhalar turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ular turlicha talqin etilayotganligini kuzatish mumkin.

Viloyatimiz aholisidan ushbu asossiz mish-mishlarga eʼtibor qilmasliklarini soʻraymiz. Zero, anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan bu kabi oʻquv-taktik mashgʻulotlar yurtimiz tinchligi hamda aholi osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qiladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular