02:07 29 Iyun 2017
Efir
Zdaniye federatsii profsoyuzov Uzbekistana

XMT vakili Oʻzbekistondagi islohotlar boshqa davlatlarga namuna boʻlishini aytdi

© kasaba.uz
Jamiyat
Havola olish
12610

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha Byurosi mehnat inspektsiyasi va mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassisi Valentin Mokanu bilan uchrashuv va seminar oʻtkazildi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha Byurosi mehnat inspektsiyasi va mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassisi Valentin Mokanu Oʻzbekistonda boʻldi.Bu haqda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tashrif doirasida uch tomonlama hamkorlar bilan uchrashuv va seminar oʻtkazildi.

Jumladan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida V.Mokanu va XMTning Oʻzbekistondagi bosh texnik maslahatchisi Anton Xauzen ishtirokidagi uchrashuvda Federatsiya Kengashi Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi va tizimdagi mutaxassislar ishtirok etdi.

Unda asosiy eʼtibor Oʻzbekistonda amal qilayotgan Bosh kelishuv asosida qabul qilingan "Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash boʻyicha harakatlar dasturi" doirasida amalga oshirilgan ishlarga qaratildi.

V.Mokanu uch tomonlama hamkorlik Oʻzbekistonda yuqori darajada yoʻlga qoʻyilganini eʼtirof etdi. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan meʼyorlar, ularning korxonalarda tatbiq etilishi boʻyicha olib borilayotgan faoliyat bilan qiziqdi.

Bundan tashqari, ish beruvchilar va xodimlar vakillik organlarining ijtimoiy hamkorlikdagi samarali tizimi, xodimlarga yaratilgan xavfsiz mehnat sharoiti, boshlangʻich tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar faoliyati haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.

Uch tomonlama hamkorlar ishtirokidagi seminarda V.Mokanu mehnatni muhofaza qilish boshqaruv tizimining fundamental printsiplari, mehnat gigiyenasi va xavfsizligi asoslari, bu masalalarga XMTning strategik munosabati haqida maʼruzalar qildi.

V.Mokanu Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar boshqa davlatlarga namuna boʻlishi mumkinligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular