O‘zbekistonda zamonaviy injiniring markazi tashkil etiladi

© ung.uzPodpisanie soglasheniya o sozdanii SP mejdu affilirovannoy kompaniyey NXK "Uzbekneftegaz" v litse AO "UzLITIneftegaz", Hyundai Engineering Co., Ltd i Enter Engineering PTE.
Podpisanie soglasheniya o sozdanii SP mejdu affilirovannoy kompaniyey NXK Uzbekneftegaz v litse AO UzLITIneftegaz, Hyundai Engineering Co., Ltd i Enter Engineering PTE. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Global Oil & Gas Uzbekistan 2017 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida markazni tashkil etish haqidagi kelishuv imzolandi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. "O‘zLITIneftgaz" AJ, Hyundai Engineering Co., Ltd va Enter Engineering PTE o‘rtasida O‘zbekistonda qo‘shma korxona shaklidagi zamonaviy injiniring markazini yaratish yuzasidan bitim imzolandi, deb xabar bermoqda "O‘zbekneftegaz" matbuot xizmati.

Markazni tashkil etish haqidagi kelishuv Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Global Oil & Gas Uzbekistan 2017 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida imzolandi.

"Ushbu innovatsion-injiniring markazini yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad alohida investitsion loyihalarga oid loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha pudratchi sifatida ishlarni bajarish uchun ixtisoslashgan markazni yaratishdan iborat", dedi hujjatlarni imzolash marosimida so‘zga chiqqan "O‘zbekneftgaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov.

© ung.uz"O‘zLITIneftegaz", Hyundai Engineering Co. Ltd va Enter Engineering PTE hamkorligida qo‘shma korxona tashkil etish haqidagi kelishuvni imzolash
Podpisanie soglasheniya o sozdanii SP mejdu affilirovannoy kompaniyey NXK Uzbekneftegaz v litse AO UzLITIneftegaz, Hyundai Engineering Co., Ltd i Enter Engineering PTE. - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zLITIneftegaz", Hyundai Engineering Co. Ltd va Enter Engineering PTE hamkorligida qo‘shma korxona tashkil etish haqidagi kelishuvni imzolash

"O‘zLITIneftgaz" investitsion loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun eng nufuzli mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyihalash va injiniring tashkilotlarini hamda yetakchi mutaxassis va ekspertlarni jalb qiladi.

"O‘zLITI injiniring" innovatsion-injiniring markazining yaratilishi loyihalash jarayonlariga zamonaviy litsenziyalangan dasturiy mahsulotlar va xalqaro tajribaga asoslangan, loyiha ishlarini tashkil qilishning eng taraqqiy usul va texnologiyalarini joriy qilishga xizmat qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0