02:07 29 Iyun 2017
Efir
Palomniki v Mekke

Oʻzbekistondan Ramazon mavsumida 650 kishi umra ziyoratiga boradi

© Sputnik/ Mixail Voskresenskiy
Jamiyat
Havola olish
160 0 0

Joriy yilgi Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. "Umra-2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlari 13 iyunidan 29 iyuniga qadar davom etadi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. "Umra-2017" Ramazon mavsumida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi guruh rahbarlari uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati.

Oʻquv mashgʻulotlari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorlikda oʻtkazildi.

Seminarda guruh rahbarlariga safarga borib kelgunga qadar boʻlib oʻtadigan barcha tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan shifokorlar guruhi aʼzosi tomonidan umrachilarga yetkazilishi lozim boʻlgan tibbiy tavsiyalar toʻgʻrisida ham alohida maʼlumotlar berib oʻtildi.

"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashining qaror va tavsiyalari bilan tashkil etilgan mazkur mavsum davomida 650 nafar fuqarolarning umra ziyoratiga borishlari rejalashtirilgan.

Joriy yilgi Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun boʻladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida oʻzbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi aʼzosi, 13 nafar guruh rahbari, 3 nafar shifokor hamda 2 nafar oshpaz xizmat koʻrsatadi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan taʼminlanadi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida kuzatish va kutib olish ishlari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK oʻrtasidagi kelishuvga asosan, "Umra-2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlari 13 iyunidan 29 iyuniga qadar davom etadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular