15:30 25 Iyun 2017
Efir
V namaze v mecheti Xazrati Imam prinyali uchastiye boleye 50 tыs veruyuщix

Oʻzbekistonda 27 maydan Ramazon oyi boshlanadi

© Upravleniya musulman Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
342 0 0

Ushbu qutlugʻ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash boʻyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.
"Bugungi kunda ona yurtimiz, Oʻzbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyib, barcha sohalarda katta yutuq va marralarni qoʻlga kiritayotganini, diyorimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni, fayz va qut-barakani xalqimiz avvalambor Yaratganimizning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va rozilik bilan qabul qilmoqda", — deyiladi qarorda.

Hujjatga koʻra, el-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyining maʼnaviy-ruhiy hayotimizdagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-maʼrifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Nuroniy" jamgʻarmasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy anʼana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uygʻun tarzda oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Mazkur tadbirlarni oʻtkazishda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, maʼnaviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz arkonlarini eʼzozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, totuv va bahamjihat boʻlib yashashga daʼvat etadigan savobli amallar va targʻibot ishlari tashkil etiladi.

Ushbu qutlugʻ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish boʻyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.

Shuningdek, mamlakatdagi ommaviy axborot vositalarida Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular