15:31 25 Iyun 2017
Efir
Press-konferentsiya datskogo arxitektora Yana Geyla

Dunyoga mashhur arxitektor Yan Geyl Samarqand obidalaridan hayratda qoldi

© Sputnik/ Aleksandr Kojoxin
Jamiyat
Havola olish
551 0 0

Daniya Qirolligi Nafis sanʼat akademiyasining meʼmorlik boʻyicha faxriy magistri Amir Temur maqbarasi va Registon maydonini hayrat bilan tomosha qildi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turgan daniyalik taniqli xalqaro arxitektor, "Gehl Architects" kompaniyasi asoschisi Yan Geyl 18 may kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi, deb yozadi "Jahon" AA.

Daniya Qirolligi Nafis sanʼat akademiyasining meʼmorlik boʻyicha faxriy magistri Amir Temur maqbarasi va Registon maydonini hayrat bilan tomosha qildi.

Mehmonga ushbu obidalarning yaratilish tarixi, ularni asrab-avaylash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab berildi.

Yan Geyl bundan bir necha asr oldin bunyod etilgan mazkur inshootlarning mukammal meʼmoriy yechimlar asosida qurilganini qayd etib, bu ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat berishini taʼkidladi.

Registon maydoni va Siyob dehqon bozorini bogʻlovchi Islom Karimov koʻchasining sharqona, oʻziga xos landshaft dizayni, milliy hunarmandlik ustaxonalari va savdo doʻkonlari, tarixiylikka uygʻun zamonaviy koʻrinishi ham mehmonda katta taassurot qoldirdi.

— Samarqanddagi bir necha asrlik obidalar bilan tanishib, shaharning zamonaviy arxitekturasida tarixiy elementlar koʻp aks etishi boisini angladim, — deydi Yan Geyl. — Bu juda zavqli va oʻziga xos. Muhimi, ularda maʼlum bir maqsad bor, ifodalar mavjud. Bu anʼanalarni yoʻqotmaslik va ularni takomillashtirgan holda zamonaviy shaharsozlikda keng foydalanish lozim.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Yan Geyl ishtirokida zamonaviy shaharsozlik arxitekturasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Institut professor-oʻqituvchilari va talabalar, arxitektor va loyihachilar qatnashgan tadbirda zamonaviy jahon arxitekturasining oʻziga xos jihatlari haqida soʻz yuritildi.

Shaharsozlik arxitekturasida atrof-muhit musaffoligini asrash va aholi uchun qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratilishi, yashil maydonlarni koʻpaytirish, velosiped va piyodalar yoʻlaklari tarmogʻini rivojlantirish lozimligi taʼkidlandi.

Seminar yakunida Yan Geyl ellik yillik faoliyati davomida orttirgan tajriba va xulosalari asosida yaratilgan bir qator kitoblarini institut jamoasiga topshirdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular