23:19 20 Sentyabr 2017
Efir
Dorojnoye dvijeniye v Uzbekistane

Toshkent IIBB qoidabuzar "Spark" haydovchisiga deyarli 8 mln soʻm jarima yozdi

© Yuriy Korsuntsev / Gazeta.uz
Jamiyat
Havola olish
1034 0 0

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi shaharda eng koʻp qoida buzgan haydovchilarning yangi roʻyxatini eʼlon qildi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi qoidabuzar haydovchilar haqida maʼlumot berishda davom etmoqda. Bugun shaharda eng koʻp qoida buzgan haydovchilarning yangi roʻyxati eʼlon qilindi.

Birinchi oʻringa "Spark" rusumli, davlat raqam belgisi 01 M 114 YA boʻlgan avtomashina haydovchisi joylashtirildi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 20 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan, yaʼni 14 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga boʻysunmaslik, 6 marotaba svetoforning qizil chirogʻi talablariga boʻysunishni xoxlamagan holda, jarimalar miqdorini 7 mln 788 ming 300 soʻmga yetkazdi.

Ikkinchi oʻrinda ham "Spark" rusumli, davlat raqam belgisi 01 T 885 TA boʻlgan avtomashina turibdi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 21 marotaba, yaʼni 15 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga boʻysunmaslik, 6 marotaba svetoforning qizil chirogʻi talablariga boʻysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 7 mln 39 ming 425 soʻmga yetkazdi.

Uchinchi oʻrinda "Lasetti" rusumli, davlat raqam belgisi 01 X 180 YA boʻlgan avtomashina haydovchisi bormoqda. U jami 14 marotaba qoidabuzarlik, jumladan, 13 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marotaba svetoforning qizil chirogʻi talablariga boʻysunmagan holda harakatlangani uchun jarima miqdori 5 mln 242 ming 125 soʻmni tashkil etadi.

Toʻrtinchi oʻrinni "Matiz" rusumli, davlat raqam belgisi 01 W 320 UA boʻlgan avtomashina haydovchisi band etgan holda, jami 13 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan. U 3 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 10 marotaba svetoforning qizil chirogʻi talablariga boʻysunmagan. Jarima miqdori 3 mln 444 ming 825 soʻmni tashkil etadi.

Beshinchi oʻrinni "Neksiya" rusumli, davlat raqam belgisi 01 643 TTS boʻlgan transport vositasida 13 marotaba yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchi egalladi. Ushbu qoidabuzarliklarning 4 tasi belgilangan harakatlanish tezligi talablariga boʻysunmaslik, 9 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish holatlaridir. Qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori 3 mln 295 ming 50 soʻm.

Yakunlovchi oltinchi oʻrinda "Neksiya" rusumli, davlat raqam belgisi 01 410 GBA boʻlgan avtomashina haydovchisi joylashdi. U 11 marta tezlikni belgilangan meʼyordan oshirgani uchun kuzatuv kameralari nigohiga tushgan va 1 mln 647 ming 525 soʻm miqdorda jarima toʻlashiga toʻgʻri keladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular