11:17 21 Avgust 2017
Efir
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Turkmenistan

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda dam olayotgan oʻzbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

© podrobno.uz
Jamiyat
Havola olish
44010

Turkmaniston prezidentining taklifiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola "Dayanch" bolalar sogʻlomlashtirish markaziga yuborilgandi

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida "Avaza" milliy sayyohlik zonasining "Kamalak" bolalar koʻngilochar bogʻida oʻzbekistonlik bolalar bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning may oyi boshida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar sogʻlomlashtirish markazlari oʻzbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Mazkur taklifga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola "Dayanch" bolalar sogʻlomlashtirish markaziga yuborildi.

Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan dam olish taassurotlari, turkmanistonlik tengdoshlari bilan doʻstlik munosabatlari toʻgʻrisida suhbatlashdi, sogʻlomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Oʻzbekiston prezidenti markazga tashrifi davomida bolalarga sovgʻalar ulashdi.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular