Mirziyoyev va Berdimuhamedov o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldilar

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosiy soha, xususan xalqaro tashkilotlar doirasida hamda mintaqa va Osiyo qit’asida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda o‘zaro hamkorlik masalalari ikki davlat rahbarlarining diqqat markazida bo‘ldi

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Kaspiy dengizining turkman sohilidagi "Avaza" kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov i prezident Uzbekistana  Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Avazada O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralari boshlandi

"Birga bir" shaklida hamda kengaytirilgan tarkibdagi delegatsiyalar uchrashuvlarida tomonlar turkman-o‘zbek hamkorligi masalalarini keng miqyosda muhokama qildilar.

Siyosiy soha, xususan xalqaro tashkilotlar doirasida hamda mintaqa va Osiyo qit’asida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda o‘zaro hamkorlik masalalari ikki davlat rahbarlarining diqqat markazida bo‘ldi. Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muzokaralarning alohida mavzusiga aylandi.

Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari savdo-iqtisodiy, energetika, transport-kommunikatsiya, ekologiya va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

Ikki qardosh davlat yetakchilari madaniy-gumanitar va ilmiy sohalardagi munosabatlarga alohida e’tibor qaratdilar. Tomonlar ushbu sohadagi tadbirlarni faollashtirish — ikki mamlakat madaniyat kunlari, ijodiy, ilmiy va boshqa anjumanlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Muzokaralar davomida Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida sport aloqalarini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. Ashxobodda sentabr oyida yopiq inshootlarda V osiyo o‘yinlari va jang san’ati musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Turkmaniston prezidenti ushbu musobaqalarda o‘zbek delegatsiyasi keng tarkibda ishtirok etishiga umid bildirdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0