Tuf senga, yana bir marta Aleksey Navalniy

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishOsnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun rossiyalik milliarder Alisher Usmonov, muxolifatchi Aleksey Navalniyga o‘zining ikkinchi video javobini berdi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. So‘z boshida Alisher Usmonov uning videolavhasini tomosha qilgan, yaxshi yomon gaplar aytgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. 

Usmonov Navalniyning “Siz bizning qazilma boyliklarimizni o‘g‘irladingiz”,

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Navalniy ayblovlarini puchga chiqardi
“Siz pulni qayerdan oldingiz”, “Hamma o‘g‘irlagan, demak Usmonov ham o‘g‘irlagan” kabi asoslanmagan ayblov gaplariga javoban, Navalniyni Bulgakovning “Iturak” asaridagi Poligraf Sharikov bilan qiyosladi.

"Sharikov o‘zi hech narsaning fahmiga yetmasdan turib, boshqalardan hamma narsani tortib olib, barchaga teng bo‘lib berishni orzu qiladi. Aleksey, sen ham xuddi mana shu Sharikovga o‘xshab qolayapsan. Ha mayli, Sharikov bir o‘qimagan demagog bo‘lgan, kitobda yozilishicha. Sen esa, undan ham o‘zib ketding. Sen oddiy demagog emas, oliy darajadagi demagogsan. Gapirgan yolg‘on gaplaringni hujjatlar bilan inkor etilganda, sen qo‘rqib ketib, – menga po‘pisa qilishayapti deb jar solasan. Bu bo‘lmagan gap.  

Yoki zo‘rlash haqidagi aytgan yolg‘on gaplaringni olsak. Muxlislaring bu gap uydirma ekanini bilib qolishganda, sen Britaniya elchisining kitobida yozilgan deding. Aslida u yerda bunday gap yo‘q. 

Umuman sen aytgan gaplaring bo‘lganmi yo‘qmi o‘zing ham bilmaysan.

Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: tuf senga, Aleksey Navalniy
So‘roqqa tutganda —  bularni men emas biz hammamiz gapirayamiz, deysan. Qanaqa biz? Sen afsonaviy “biz”ni qayerdan olding?

Nima bo‘lganda ham, yolg‘on gaplarni hamma emas, seni shaxsan o‘zing aytgansan. Umuman, birinchi qadamni sen qo‘yishing kerak. Hech bo‘lmasa, — ha, men xato qildim, degin, yengil tortasan.

(Navalniy Alsher Usmonovni televidenie orqali debatlarga (muhokama) taklif qilganiga javoban)

Yana qanaqa Muhokama? Haqiqat va yolg‘on orasida muhokama tashkil qilib bo‘ladimi? Biz sen bilan endi sudda muhokama qilamiz. Senga ana o‘sha yerda haqiqat va yolg‘onning farqini tushuntirib berishadi. Tuf senga, yana bir marta Aleksey Poligrafiovich Navalniy."

 

Yangiliklar lentasi
0