Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga yo‘l olmoqda

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat rahbari tashrifida Andijon shahridagi yirik gipermarket qurilish loyihasi, viloyat boks maktabi va qilichbozlik inshootlari rejasi tanishtirilishi kutilmoqda

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda yangi loyihalarga alohida e’tibor qaratdi

"Kuni kecha Xitoy, Turkmaniston va Saudiya Arabistonida rasmiy tashrif bilan turli tadbirlarda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni Andijon viloyatida olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish maqsadida vodiyga yo‘l olishi rejalashtirilmoqda", deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, prezident tashrif doirasida Andijon viloyatida tashkil etilgan fermer xo‘jaligi, yengil-sanoat korxonalari, xususan Xo‘jaobod tumanidagi "SAMO" brendi ostidagi Nil-Grant MChJga ham tashrif buyurishi mumkin.

Shuningdek, mamlakat rahbari tashrifida Andijon shahridagi yirik gipermarket qurilish loyihasi, viloyat boks maktabi va qilichbozlik inshootlari rejasi tanishtirilishi kutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0